Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 9 » Karnıyarık
05:57
Karnıyarık

Karnıyarık so’zini o’zbekchaga tarjima qilganda qorniyoriq degan qiziq so’z hosil bo’ladi. Bunday nomlanishiga sabab baqlajonlar pishib chiqqandan keyin qorni yorilib ichiga qiyma solinadi. Odatda 2 hil usulda pishiriladi: qozonda yoki duhovkada, menga ko’proq duhovkada pishgani yoqqani uchun bu usul bilan tayyorlangan retseptni yozmoqchiman.

Kerakli masalliqlar:
(4 kishi uchun)

  • 4 ta baqlajon
  • 1 ta yirik piyoz
  • 250 gr qiyma
  • 1 stakan yog’ (kungaboqar yog’i) (baqlajonlarni qovurish uchun)
  • 2-3 qoshiq zaytun yog’i yoki kungaboqar yog’i (qiyma qovurish uchun)
  • 3 ta pomidor
  • 2 ta uzun perez
  • Yarim bog’ petrushka
  • 1 qoshiq tomat
  • 1 choy qoshiq tuz
  • Yarim choy qoshiq yanchilgan qora murch.

Tayyorlanishi:

1. Baqlajonlarni uzunasiga zebra shaklda po’chog’ini artib olamiz. Baqlajonlarning tahir ta’mi yo’qolishi uchun 1 qoshiq tuz solingan suvga solib yarim soat kutamiz.Baqlajonlarni suvdan chiqarib qog’oz sochiq bilan qurutib olamiz.

2. Chuqurroq tova olib 1 stakan yog’ni qizdiramiz. Qurutilgan baqlajonlarni asta sekin yoqqa solamiz. O’rta olovda har tomonini o’girib usti qizarguncha qovurib olamiz. Qog’oz sochiq solingan alohida idishga baqlajonlarni terib chiqamiz, shunda qog’oz sochiq ortiqcha yog’larni shimib oladi. Baqlajonlarni qog’ozdan ajratib duhovka podnosi yoki yuqori darajaga chidamli idishga terib chiqamiz.

3. Alohida bir tovada 2 qoshiq yog’ni qizdirib mayda tog’ralgan piyozni qovuramiz, qizarishi shart emas, ketidan qiyma, mayda tog’ralgan perez, yarim qoshiq tomat solib qiyma suvi chiqquncha qovuramiz. 2 ta pomidor po’chog’ini artib, mayda kubik shaklda to’g’raymiz yoki qirg’ichdan chiqaramiz. Pomidorlarni po’chog’ini onson artish uchun, ustidan qaynagan suv solib yarim minutda chiqaramiz, shunda po’chog’i onson shilinadi.

Tayyor pomidorni qiymaga qo’shib qovuramiz.Pomidor suvi sal qurigandan keyin qiymaga tuz, murch, mayda tog’ralgan petrushka qo’shib yahshilab aralashtirib tovani gazdan olamiz va sovushini kutamiz. Bu orada duhovkamiz isib turishi uchun yoqib qo’yamiz.

4. Baqlajonlarni po’chog’i artilgan joyidan qoshiq bilan yoramiz. Baqlajonlarni tagi teshilib qolmasligiga e’tibor bering. Sovugan qiymani olib qoshiq yordamida qorni yorilgan baqlajonlarni qiyma bilan to’ldirib chiqamiz. Baqlajonlarni ustini bezatish uchun 1 ta pomidorni doira yoki ikkiga bo’lib parrak qilib kesamiz. Uzun perezlarni ichini tozalab ikkiga bo’lib uzunasiga kesib chiqamiz. Tayyor parraklar bilan baqlajonlarni bezatamiz.

5. 1 stakan qaynagan suvga yarim qoshiq tomat solib yahshilab aralashtiramiz. Bu aralashmani baqlajonlarni tagiga to’kamiz. Pishish jarayonida, ham baqlajon yahshilab pishishi uchun, ham tagi kuyib ketmasligi uchun.

6. Duhovkani 160-180 darajaga keltirib, o’rta qismida baqlajonlarni 20 minut davomida yoki baqlajonlarni ustidagi pomidorlar qizarguncha pishirib olamiz.

Bu taom dimlangan guruch bilan issiq holda tortiladi.
Yoqimli ishtaha.

Категория: Quyuq Taomlar | Просмотров: 1019 | Добавил: shirina | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 Ummu Abdulloh   (05.06.2011 20:31) [Izoh]
judayam zo`r, albatta tayorlab ko`raman.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]