Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 22 » JANNAT KALITI "LAA ILAHA ILLALLOH" KALIMASI HAMDA NAMOZ EKANI HAQIDA
18:02
JANNAT KALITI "LAA ILAHA ILLALLOH" KALIMASI HAMDA NAMOZ EKANI HAQIDA
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan riuzbat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Namozning kaliti - tahorat, jannatning kaliti - namoz" (Abu Dovud riuzbati).
Muoz ibn Jabalni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Yamanga yuborayotganlarida unga shunday dedilar: "Tez kunlarda ahli kitoblar sendan jannat kaliti haqida so‘raydilar, ularga "Laa ilaha illalloh", deb guvohlik bermoq, degin" (Bayhaqiy riuzbati).
"Sahihul Buxoriy"da kelishicha, Vahb ibn Munabbahga: "Jannatning kaliti "laa ilaha illalloh" emasmi?" deyildi. Vahb: "Shundoq, lekin har qanday kalitning tishlari bo‘la-di. Agar kalit tishli bo‘lsa, eshik ochiladi, tishi bo‘lmasa, ochilmaydi", dedi.
Tishlar Alloh taoloni yakka-yu yolg‘iz bilish va Ungagina ibodat qilishdan iborat.
Alloh taolo dedi: "Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga xushxabar beringki, ular uchun ostlaridan daryolar oqib turuvchi bog‘lar bor" (Baqara, 25);
"Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun firdavs bog‘lari manzil bo‘lur" (Qahf, 107).
Iymon bilan amal haqidagi bunday misollar Qur’onda juda ko‘p. Yuqorida Jobir ibn Abdullohdan riuzbat qilingan birinchi hadisning taqozosi ham shu.
Jannat kaliti faqat tavhid ekani haqida hadislar juda ko‘p. "Sahihayn"da Abu Zar va boshqalardan riuzbat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim Alloh ta-ologa biror narsani shirk keltirmasdan vafot qilsa, jannatga kiradi", dedilar. "Zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?" deyishdi. "Zino va o‘g‘rilik qilsa ham", dedilar.
Abu Hurayradan riuzbat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Malakul mavt (O’lim farishtasi) bir kishining oldida hozir bo‘ldi. A’zolarining har birini qarab chiqdi va hech qanday yaxshilik topmadi. So‘ng qalbini yorib ko‘rdi, unda ham hech narsa topmadi. So‘ng jag‘ini ochdi va tili tanglayiga "laa ilaha illalloh" deb yopishib qolganini ko‘rdida; "Ixlos kalimasini aytganing evaziga senga jannat vojib bo‘ldi", dedi" (Tabaroniy riuzbati).


Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 1222 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 1.0/2
Всего комментариев: 4
0  
4 mohidil   (20.01.2011 22:53) [Izoh]
ALLOH HAMMAMIZGA INSOF BERSIN ILOHIM

0  
3 shirina   (22.12.2010 18:15) [Izoh]
happy happy

0  
2 shirina   (22.12.2010 18:15) [Izoh]
raxmat

0  
1 Angeloza   (22.12.2010 18:04) [Izoh]
Allox xammamizga yor bolsin Iloxim

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]