Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 28 » Endi sevolmayman
07:47
Endi sevolmayman
Jonim seni baxtga to’lib sevgandim.

Gohi yig’lab, gohi kulib sevgandim.

Borimnimi, jonimnimi, hattoki

Hayotimni senga berib sevgandim.

Afsus o’sha damlar xayol bo’ldiku,

Javob yo’q dilda savol bo’ldiku,

Vujudimda yashayotgan muhabbat,

Sho’rlik qalbim ichra uvol bo’ldiku.

Shumi baxtim men sho’rlikni bilolmayman.

Ich ichimdan yig’lab, chindan kulolmayman.

Na tirikman, na o’lib ham o’lolmayman.

Meni balki sevar kimdir, men endi sevolmayman.

Sevdim degan so’zlaring qolib ketti vafosiz.

Chertilmay qalb torlarim nolib ketti navosiz.

Jahannammi bu dunyo, yo g’urbat bu hayotta

Tomchi suvga tashna keng sahrodaman havosiz.

Senga ayon edi qalbim dardlari,

Senga bayon edi sevgim xatlari

Ohim yetar hatto osmoni falakka

Senga yetmas ming faryodu dodlarim.

Sevgim bo’ldi bu dunyoda bir kamim.

Muhabbatim, bor hasratim, alamim,

Ishqim o’ldi hiyonatning qo’lida

Tuyg’ularim armon endi sevolmasman.

Armonim shu qo’llaringdan tutmay sevdim,

G’unchagina labingdan bo’l ichmay sevdim,

Sevdim deya meni tashlab ketsang hamki,

Men bechora yo’llaringni to’smay sevdim.

O’zga qo’llar silar endi sochlaring,

O’zga so’zlar maqtar ko’zu qoshlaring.

Yuragimga otib isyon toshlaring,

O’zga lablar erkalaydi yuzlaring.

O’tib ketti sensiz g’urbat kunlarim,

Qayg’ularim allalagan tunlarim.

Yoshligimdan armon bo’lgan sevgimga

Bugun so’nggi kunim so’nggi so’zlarim

Tugar bo’ldi umrim endi sevolmasman

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 627 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
0  
5 gulim   (29.11.2010 19:36) [Izoh]
raxmat zur sher ekan gap yuk lekin yeglavoradigon ekande

0  
4 ShaBnaM_Uz   (28.11.2010 23:17) [Izoh]
Rahmat.

0  
3 ShaBnaM_Uz   (28.11.2010 23:17) [Izoh]
smile

0  
2 elif   (28.11.2010 22:49) [Izoh]
rahmat sad sad

0  
1 Angeloza   (28.11.2010 07:54) [Izoh]
smile smile smile smile smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]