Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 17 » Dunyodagi eng yaxshi muzeylar o'ntaligi
00:18
Dunyodagi eng yaxshi muzeylar o'ntaligi

TripAdvisor ma'lumotiga ko'ra dunyodagi 10ta eng mashhur muzeylar 10taligini e'lon qildi. Parijdagi Luvr birinchi o'rinni egalladi, shuningdek o'ntalikga amerikan muzeylar ham kirgan. Sayt muzeyga tashrif buyuruvchilar sonim eksponatlarning noyobligi va qimmatbaxoligi, hamda muzey joylashgan joining mashxurligiga qarab aniqladi.

1. Luvr muzeyi- Parij, Fransiya

Luvr bu o'rta asrdagi Fransiya qirollarning qasri va oxirgi 200 yil mobaynidagi muzey. Qasr arxetekturasida uning 800 yilgi tarixini ko'rsatuvchi dalillar qolgan. Unda turli eksponatlarning qimmatbaho kolleksiyasi jamlangan. Bu yerda Ossuriya qasrdagi barlyeflarni (барельефы), misr tasviriy san'atini va ko'plab boshqa narsalarni topishimiz mumkin. Luvr kolleksiyasida qadimgi sivilizatsiyasini uyg'onshdagi esponatlarni ham ko'rishimiz mumkin. Jamoa uchun ilk bora muzey Fransiya Inqilobi-1793yil, 8 noyabr kuni ochilgan. Qasr markazida amerikan arxitektori tomonidan tayyorlangan oynali piramida qo'shilgan.

2. Vatikan muzeyi - Vatikan, Rim, Italiya

Dunyodagi yirik muzeylar orasida Vatikan muzeyi ikkinchi o'rinda turadi. U o'zida noyob binolar va madaniyat kolleksiyasining nodirlari Leonardo da Vinch, Rafael va albatta mshhur Sikstiniyalik Kapelladni o'zida jam etadi. Vatikan muzey va galeriyalar orasida misr madaniyati muzeyi, etrusk madaniyati muzeyi, Grigorian muzeyi, Pio Klementino muzeyi (xristian madaniyat muzeyi, 1771-1793y.y), cherkov madaniyati muzeyi ("Музео Сакро"), Kyaramonti muzeyi (1806-1810 y.y.), Missioner etnologik muzeyi va Lateranlik qasr muzeylari ayniqsa diqqatga sazavor. Vatikan bog'larida vatikan pinokoteka binosi joylashgan, u yerdagi 15 ta zalda XI-XVII asrdagi noyob italyan san'at asarlari yig'ilgan.

3. Metropolitan -Nyu- York, AQSh

Metropoliten muzeyiga g'arbiy yevropa va amerikan rassomlarning ijodlari, Osiyo, Afrika, Yaqin va Uzoq sharqning badiiy san'atning haykallari kiradi. Uning kolleksiyasida nafaqat rassomlik(Pikasso)ning ijodi, skulptura va grafika, balki dekorativ- amaliy san'at ham ko'rsatilgan. Metropoliten Muzeyi tarixi nisbatan ancha yosh: uni amerikan rassomlarning jamoasi va jamoat namoyondalari, ular orasida tarix jamiyat a'zolari, Rassomlik Akademiyasi professorlari, va tadbirkorlarning tashabussi bilan ochilgan.

4.Pola getti, Los- Anjeles, AQSh



Muzeyda Van Gog, Mone va Sezanna kabi ajoyib ishlarni e'tiboringizga havola etadi. 1997yil dekabrdan zamonaviy Getti Markazi, Los- Anjelesda joylashgan. Uning qurilishiga1.2 mlrd dollar (Arxitektor Richard Meyer) ketdi. Antik davriga oid kolleksiyasi Getti villasida eksponatga qo'yilgan. Muzeyga kirish tekin. Muzeyga neft magnati Dj. Pol Getti asos soldi (1892-1976), o'lim davriga kelib u dunyodagi eng boy odam edi.

5. Orse muzeyi - Fransiya, Parij

Orse muzeyi (Musйe d'Orsay) bu Prijdagi amaliy va badiiy san'at
muzeyi bo'lib, unda 1848-1914yildagi eng yirik skulptura va rassomlik kolleksiyasi saqlanadi. Asosan uning kolleksiyasiga postimpressionistlar va impesseonistlarning ishlari saqlanadi. Orse muzeyining binosi qurilish rejasi bo'yicha u temir yo'l va unga tutashgan mexmonxona, Parij markazidagi Sena daryosining chap qirg'og'ida joylashgan. U Luvrni ro'parasida joylashgan, taxminan 1978yilda bino tarixiyga aylandi, 1986 yilda esa unda muzey ochildi, u Italiyalik arxitektor Gae Aulenti tomonidan rejalashtirildi.

6. Uffitsi galeriyasi - Florensiya, Italiya



Italliyalik galeriya Uffitsi yo'ki Galleria degli Uffizi - devonxona galeriyasi deb tarjima qilinadi. Aslida buFlorensiyadagi 1560-1581 yillar orasida qurilgan qardir. Uffitsiya kolleksiyasi Medichi saltanati qulagan keyin ham kolleksiya boyitilgan. U o'zida italiyalik san'at ustalarning ijodlarini o'zining arxivida jam qiladi. Ularning orasida Pyero della Franchesko, Titsian, Rafael, Djotto, Leonardo da Vinchi, Bottichelli va boshqalar.


7. San'at institutining muzeyi - Chikago, AQSh



. San'at institutining muzeyi Illiyonsa badiiy muzeylrning eng xurmatlisi hisoblanadi. Vistavka kolleksiyasi fransiyalik klassik san'atidan zamonaviy badiiy san'at 300 000 dan ko'proq eksponatlarni o'zida jam etadi. Shuningdek muzey o'z navbatida san'at madaniyati hamdir.


8. Tey zamonaviy galeriyasi - London, Buyuk Britaniya



Tey zamonaviy galeriyasi 2000yil, may oyida oshilgan. Bino 1930 yilgi shaxar markazidagi elektrostansiyada, Pavl soborining roparasida rekonstruksiya qilingan. Elektrostansiya ko'rinishini saqlab qoldi, ammo ichki arxetekturasi butunlay o'zgartirildi. Zamonaviy Treyd galeriyasi ijod namunalarni an'anaviy - xronologik tarzda joylashtirilishdan voz kechdi. Kolleksiya to'rtta yirik bo'limdan: "Natyurmon, predmet, real hayot", "Peyzaj va atrof muxit", "Tarixiy rasomlik", "Ochiq natura, harakat, badan" iborat. Ekspozitsiya avtorlari turli yo'nalishlarni uyg'unlashtirgan: qadimgi ustalarning ishlari zamonaviylar bilan, rassomli va skulptura fotografiya va videofilmalar bilan. Galeriyada ko'plab zamonaviy rassomlarning ko'rgazmalari bo'lib o'tadi. Ba'zi alohida ko'rgazmalardan tashqari muzeyga kirish tekin.


9. Prado muzeyi- Madrid, Ispaniya



Madridagi Prado muzeyi - Evropadagi badiiy san'atning eng mashxur badiiy muzeyi hisoblanadi. Har yilgi tashrif buyuruvchilar soni 2 milliondan ko'proq turistlar tashkil etadi. Bugun muzeyda 8 000dan ortiq rasmlar jamlangan, ammo joy tanqisligi hisobiga muzeyda namoyish uchun faqat 2000 ish qo'yilgan. Rasmlar kolleksiyasidan tashqari muzeyda 400 mumtoz sculptor va ko'plab qimmatbaxo ishlar jamlangan. Boshida muzey ispan rassomlarning ko'rgazmasi sifatida ochilgan, lekin vaqt o'tishi bilan kengayib, bugungi kunga kelib Prado XV- XVIII asrdagi italyan, flamandlik, nemis, niderland va fransuzlarning ijodlarini o'zida jamlagan.


10. Vashington Milliy galeriya - Vashington, AQSh



Категория: News/Новости | Просмотров: 1814 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 6
0  
6 moon264   (17.12.2010 16:39) [Izoh]
1 va 8 tavsiya kilaman!!! juda zor! ozim guvohman)))

0  
5 Angeloza   (17.12.2010 07:21) [Izoh]
RAXMAT OPAJON JUDA ZOR smile smile smile smile

0  
4 Angeloza   (17.12.2010 07:21) [Izoh]
AGAR TASHI SHUNAQA BOLSA ICHI QANAQA EKAN A smile

0  
3 Angeloza   (17.12.2010 07:20) [Izoh]
VAU CHIROYLILIGINI

0  
2 shirina   (17.12.2010 00:22) [Izoh]
Baribir Parij Parijda raxmat Ma'lumolar uchun. Manga yoqdi. smile

0  
1 shirina   (17.12.2010 00:20) [Izoh]

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]