Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 16 » Barcha
05:05
Barcha
Barcha shodlik senga bo'lsin,
Bor sitam, zorlik menga,
Barcha dildorlik sengayu,
Barcha hijronlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay,
Barcha sog'lik senga bo'lsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga bo'lsin barcha husnu
Menga bo'lsin barcha ishq,
Kori xunxorlik sengayu,
Mehri poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber,
Senga bo'lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.

Ol o'zing koshonalarni,
Menga qo'y tor kulbani,
Barcha hushyorlik sengayu,
Barcha bedorlik menga.

Senga bo'lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun,
Barcha gulshan senga bo'lsin,
Bor tikanzorlik menga.

Sen shahanshohlikni olgin,
Menga qullik bo'lsa bas,
Bor jafokorlik sengayu,
Bor vafodorlik menga.

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 798 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
0  
5 ruslan   (16.01.2011 18:31) [Izoh]
ok juda zor alo

0  
4 shirina   (16.01.2011 17:57) [Izoh]
RAXMAT

0  
3 shirina   (16.01.2011 17:55) [Izoh]
AJOYIB SHER MANGA YOQDI

0  
2 Milasha   (16.01.2011 05:10) [Izoh]
ha buyogi muhabatakande zor rahmat

0  
1 Angeloza   (16.01.2011 05:05) [Izoh]
smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]