Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Dekabr » 29 » Balki sevgandirman sizni shunchaki.....
00:40
Balki sevgandirman sizni shunchaki.....

Balki sevgandirman sizni
 shunchaki.....


Shamol tuyg'ularim o'g'irlab ketdi, 
Hayol o'shal bekatda qolib-la ketdi. 
Hislar "sevgi" deya yurakka bitdi, 
Balki sevgandirman sizni shunchaki. 

Eng baxtli kunmidi sizni kutgan kun?! 
Kelmadingiz o'shanda bilmadim nechun. 
O'sha kundan buyon qalbimda tugun, 
Balki sevgandirman sizni shunchaki. 

Yechmoq ul tugunni qo'limdan kelmas, 
Taqdirning siz uchun bitgani menmas, 
"Sevaman" desalar ta'sir ham qilmas, 
Balki sevgandirman sizni shunchaki. 

Ismingiz qoralab qalam titraydi, 
Sizga yetolmagan alam titraydi. 
Kuylasam honishim, nolam titraydi, 
Balki sevgandirman sizni shunchaki. 

Har yerda izladim, ko'rmayin hatto, 
Sizni ko'rmoqlikni etgaymi ato? 
Sevish aybmi ayting, sevilish hato? 
Balki sevgandirman sizni shunchaki. 

Sizsiz kulgularim yo'qolib qoldi, 
Sevgining dardlari baxt o'rnin oldi. 
Sizdan hotir faqat she'rlarim qoldi, 
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 502 | Добавил: KAMOLIDDIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
0  
2 KAMOLIDDIN   (29.12.2011 19:32) [Izoh]
sizga qandaqa sher yoqadi uzi

0  
1 _UmidaBonU_   (29.12.2011 15:41) [Izoh]
sevgidan boshqa dard yumi olamda tuba wink wacko

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]