Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 25 » Alloh go`zal…
18:46
Alloh go`zal…
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..

Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 626 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
0  
3 moon264   (17.12.2010 15:29) [Izoh]
Alloh guza, buyuk, qodir!!!!

0  
2 Milasha   (25.11.2010 21:37) [Izoh]
choroyli sher ekan rahmat smile smile smile smile

0  
1 ShaBnaM_Uz   (25.11.2010 19:57) [Izoh]
Rahmat zo'r sher ekan.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]