Teri -inson organizmini tashqi muhitning turli hil tasirlaridan
saqlab turadigan tashqi qatlam hisoblanadi.Teri inson organizmining
faoliyati bilan ham chambarchas bog'liq.Organizmning sog'lom yoki
nosog'lomligi aksariyat hollarda terida nomoyon bo'ladi.Yuz terisi
ayollarningyosi,tashqi sharoitlar ta'siriga ko'ra bir necha turga
bo'linadi.
1.Yog'li yuz terisi:
2.Yog'siz yuz terisi:
3.Mo'tadil yuz terisi.
Yog'li teri apelsin po'stlog'iga o'hshaydi.Teri ko'rinishidan
yaltiroq,teshiklari kengaygan bo'ladi.Kengaygan teshikchalarga chang
kirishi va buning natijasida yuz terisiga zarar etishi mumkin.bunday
terida qora nuqtalar ham kuzatiladi.Ko'pincha bunday yuz terisi
dag'alroq bo;lib,odatdaboshqa yuz terisiga nisbatan tashqi muhitning
ta'sirlarigachidamliroq bo'ladi.Bunday terini kuniga ikki mahal bolalar
sovuni bilan yuvib turish lozim.
Quruq teri silliq va nozikdir.Ushbu teri avval chiroyli,lekin vasqt
o'tgan sari unda chuqur ajinlar paydo bo'la boshlaydi.Bunday teri
oziqlanishga va doimiy namlantirishga muhtojdir.
Mo'tadil yuz terisi yog'li va quruq teriga nisbatan kamroq parvarish
talab etadi.Ushbu teriga ega bo'gan ayollarning yuzlari silliq bo'lishi
bilan birga yuzdagi mavjud bo'lgan mayday teshikchalar u qadar ko'zga
tashlanmaydi.Bu teri yahshi va to'g'ri parvarish qilinmasa,quruq yoki
aksincha,yog'li teriga aylanishi mumkin.
Agar teringizning qaysi turga mansubligini bilmasangiz,unda qudagi
amallarni bajarib,yuz teringizning turini aniqlab olishingiz mumkin.
1.Avvalambor yuzingizni bolalar sovuni bilan yuving.
2.Bir soatdan keyin esa yuzingizni bosma salfetka bilan yoping.
3.salfetka 15-20 daqiqa turgach,uni olishingiz mumkin.
4.SHu vaqt mobaynida yuz terisidagi yog'salfetkaga ko'p miqdorda
chiqqan bo'lsa,demak,yuz teringiz yog'li.Agar yog' izlari
ko'rinmasa,demak yuzingiz quruq.Salfetkadagi yog' izlari
bilinear-bilinmas bo'lsa,unda yuz teringiz mo'tadil ekanligini bilib
olishingiz mumkin. |