Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 11 » Yolg'izlik falsafasi...
00:05
Yolg'izlik falsafasi...
Sensiz ham bahorni kutib oldim shod,
Zavq berar rango-rang ko‘klam gullari.
Maxzun ishq chechagin etmay qo‘ydim yod,
Umr chamanzorin kezgan kunlarim.

Sensiz tuyg‘ularim hali o‘lmadi,
Yoki o‘z jonimga qilmadim-ku qasd.
Sabr kosasi ham hali to‘lmadi,
Yo ichib bir on ham bo‘lmadim sarmast.

Sensiz, o‘ylovdimki, yashashim mushkul,
Degandim qo‘lim ham bormaydi ishga.
Hayot majbur qilib qo‘yarkan butkul,
Dardni dardsizlikka almashtirishga.

Sensiz qadam bosish sekin o‘rgandim,
Tetapoya qilgan go‘dak singari.
Yurdim... yiqildim, so‘ng tik turib qoldim.
Endi qalbim mag‘rur, qayg‘udan nari.

Sensiz baxtlilikka bo‘ldim da’vogar,
Yolvorib so‘rmadim ortga qaytishni.
Cho‘ldek qaqrab yotgan qonsiz yurakka,
Mehrga yo‘g‘rilgan bir so‘z aytishni.

Hayot tugamagan g‘alat falsafa,
Nolimam, ekan, - deb – bevafo dunyo.
Ishqsiz kun kechirish mushkul-ku, lekin,
Yolg‘iz yashashda ham bor ekan ma’no!

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 580 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]