Bizga kerakli masalliqlar:
Bug’doy uni -1 stakan
Makkajoxo’ri uni -1/2 stakan
Xamirturush- 20gr
Maydalangan sedana - 1 choy qoshiq
Tuz- 1choy qoshiq
O’simlik yog’I - 4osh qoshiq
Tuxum sarig’I - 1dona
Quyultirilgan qaymoq(yoki qatiq) -2osh qoshiq
Sedana – 2osh qoshiq
Nonni tayyorlashni boshlaymiz:
Xamirturushni 1stakan suvda eritamiz, idishga tuz, sedana, o’simlik tog’I va un qo’shib xamir qoramiz va 2soatga iliq joyga qo’yamiz. Xamir oshishini kutamiz.
Tayyor xamirni yopgan non shaklida yoyib tayyorlaymiz va duxovka listiga joylashtiramiz. Tuxum sarig’ini qatiq bilan aralashtiramiz va nonni ustiga surtamiz, ustiga sedana sepamiz va 20 daqiqa mobaynida 180 C haroratda qizargunch pishiramiz.
Nonni salat , brinza, pishloq va taom bilan, nonushtaga va kechki taomga ham dasturxonga tortishingiz mumkin. |