Главная »
2011 » May » 13 » Tovuqli say - Куриное филе с овощами
09:52 Tovuqli say - Куриное филе с овощами |
Bu taomni ihtiro qilishimga bolalarim sababchi bo`lishgan. Mol, qo'y
go'shti bilan bir qatorda tovuq go'shtiniyam yedirish qiyin kechib
qolmasdan, ovqatda goh bu narsasini, goh u narsasini yemasdan odamni
qiynab yuborishardi. Bolalarni ovqatda yaxshi ko'rib yeydigan
masalliqlari asosan sabzi bo'lgani uchun yoniga ozgina tovuq go'shti,
bolgar qalampiri, piyoz va pomidor sousi qo'shganim bilan bolalarbop
ovqat hosil bo'ldi. Bu podlivoni bizni bolalar Turkcha pilav bilan sevib iste'mol qilishadi.
Kerakli masalliqlar:
- 1 dona tovuq ko'kragi
- 1-2 dona sabzi (ta'bga ko'ra)
- 1 dona piyoz (o'rtacha)
- 1 dona sarimsoq
- 2 dona bolgar qalampiri (qizil, sariq, yashil)
- 100 ml tomat sousi
- o'simlik yog'i
- tuz
- murch
- ziravorlar ta'bga ko'ra
yuvib, somoncha shaklida tog'rab tuzlangan tovuq ko'kragini
o'rtacha qizgan yog'da yengil qovuramiz
somoncha shaklida to'g'ralgan sabziniyam qo'shib yengil qovuramiz
piyoz va sarimsoqni qo'shib, piyozni seli chiqquncha qovirib...
bolgar qalampirini qo'shamiz (somoncha shaklida)
tomat sousini qo'shib, past olovda 20 minut dimlaymiz.
Iloji boricha sabzavotlarni shakli buzilmasligi uchun va taomga estetik
did berish maqsadida, aralashtirmaslikka harakat qilamiz
Taom tayyor!
kartoshka pyure, no'xat pyure va hakozolar bilan
dasturhonga tortiq qilish mumkin.
Yoqimli ishtaxa!
|
Категория: Quyuq Taomlar |
Просмотров: 1132 |
Добавил: shirina
| Рейтинг: 3.5/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]