Shakarpora shirinligi haqida yozishdan oldin turk shirinliklar haqida
qisqa ma’lumot berib o’tmoqchiman. Turk oshxonasida shirinliklar uchun
juda muhim ahamiyat berilib, kelib chiqish tarihi Usmonli
podishohliginin qurilish davriga qadar taqaladi. Odatda ovqatdan so’ng
suv, choy yoki kahva bilan tortiladi. Turk shirinliklari ishlatilish
mahsulotlariga qarab hamirdan, sutdan, meyvalardan va meyva suvlaridan
tayyorlanadigan shirinliklarga bo’linadi. Hamirdan qilinadigan
shirinliklar odatda shakar sharbati bilan to’ydiriladi, shu sababli o’ta
shirin shirinliklar hisoblanadi. Sutdan tayyorlanadigan shirinliklarga
esa nisbatan kam shakar solingani uchun yengil shirinliklar hisoblanadi.
Meyvadan tayyorlanadigan shirinliklar yengil tuyulsa ham shakar
sharbati bilan to’ydirilgani bois parhez qilayotganlar diqqat bilan
yeyishlari kerak.
Shakarpora shirinligi ham hamirdan tayyorlanib, shakar sharbati bilan
to’ydiriladi. Ismi jismiga mos Shakarpora shirinligi juda shirin,
hamiri og’izda eriydigan, ustidaki funduk yong’og’i esa o’zgacha ta’m
beruvchi shirinlik hisoblanadi. Agar funduk yong’og’i topa olmasangiz
oddiy yong’oq, maydalangan yoki butun handon pista bilan ham
bezatishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
Hamir:
- 250 gr margarin, hona issiqligida
- 1 stakan shakar upasi
- 4 osh qoshiq yorma (ruscha манная крупа)
- 2 ta tuhum
- 4 stakan un
- 1 paket vanilin yoki vanil ekstrakti
- 1 paket hamir oshiruvchi modda(ruscha разрыхлитель теста)
Shakar sharbati:
- 3 stakan shakar
- 4 stakan suv
- Yarim limon suvi
Bezash uchun:
Tayyorlanishi:
1. Margarin va shakar upasini mikserda aralashtiramiz. Shakar
erigandan so’ng tuhum solib aralashtiramiz. 1 paket vanilin yoki vanil
ekstrakti va yormani solib qoshiqda aralashtiramiz.
2. Alohida idishda un va hamir oshiruvchi moddani yahshilab
aralashtiramiz va yuqoridaki aralashmaga kam-kamdan solib
aralashtiramiz. Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir hosil bo’ladi.
3. Hamirdan yong’oqdan kattaroq zuvalalar uzib rasmda ko’rsatilgani
kabi shakllar berib duxovka idishiga terib chiqamiz. Terayotganda hamir
oralarida 1 sm joy qoldiring, chunki pishish mobaynida ishishi va ozgina
yoyilishi mumkin.
4. Oldindan isitilgan duxovkada 160 darajada 25 minut davomida
pishiring. Aytib o’tish kerakki hammani duhovkasi harhil bo’lishi mumkin
shuning uchun ora orada duhovkangizni tekshirib turing, agar vaqt
kamlik qilsa shakarporalar och jigarrang tusga kirguncha pishiring.
5. Shakarporalar pishguncha sharbat tayyorlaymiz. Qozonga suv va
shakar solib 5 minut qaynatamiz, qaynab chiqgach yarim limon suvini
siqib yana 1 minut qaynatamiz. Gazdan olib sovushini kutamiz.
6. Shakarporalar pishib chiqqanda 3 minut sovushini kutib ustidan
asta sekinlik bilan iligan sharbatni quyamiz. Shunga ahamiyat
berishingiz kerakki shakarporalar hali ham issiq lekin sharbat iliq
bo’lishi kerak, aks holda kerakli natijaga erisholmasligingiz mumkin.
Shirinligimiz sharbatga yaxshi to’yishi uchun 3-4 soat tindirib
qo’yamiz.
Izoh: Uyda ikki kishi bo’lgani uchun yuqoridaki retsept yarim o’lcho’vga ko’ra tayyorlandi.