Главная »
2011 » May » 3 » Qovoqli sufle
|
Kerakli mahsulotlar:
4-5 bo'lak qovoq 3 osh qoshiq to'la-to'la sariyog' 3 osh qoshiq un 270gr sut 4ta tuhum yarim stakan shakar ta'bingizga qarab dolchin (cinnamon)-yarim ch.q. ta'bingizga qarab ginger (ozb.-zanjabil,rus-imbir)-yarim choy qoshiq ta;bingizga va oshxonada borligiga qarab nutmeg (muskat yong'og'i) Tayyorlanishi:
Qovoqni duhovkada yumshoq pishirib olasiz va yaxshilab ezasiz. Qozonchada sariyog'ni past olovda eritasiz(qizarib ketmasin) va unni solib aralashitirasiz,qaynab chiqqach 2daqiqa aralashtirib turasiz. Keyin unga sut quyasiz va aralashtirib turasiz.Massa qaynab chiqadi va sous holiga kelguncha pishirasiz. Leyin olovdan olib,sovutishga qo'yasiz.Sovugach,4ta tuhumni sarig'ini solasiz va aralashtirasiz. Keyin shakarni,dolchin,ginger va nutmeglarni solasiz.(bu ziravorlarsiz ham qilsa bo'ladi) Keyin ezilgan qovoqni solib yaxshilab aralashtirasiz.
Boshqa idishda tuhum oqini juda qattiq bo'lmagan holatgacha ko'pirtirasiz. Keyin uni yuqoridagi massaga solib,asta-sekinlik bilan (huddi biskvitni unini aralashtirgandek) aralashtirasiz.
Keyin ko'p qoldirmasdan,mahsus suffle idishlariga solasiz.Mana bunday (rasm internetdan olindi). Bu idishlarni tagi biroz yog'lanib,non ushog'i sepilsa,suffle juda yopishib ketmaydi.
Menda bunday qoliplar yo'q edi,maffinni qog'ozli va temirli qolipchalariga solib pishirdim.
Pishgandan so'ng,istang smetana,istang qaymoqli krem qo'shib yeyishingiz ham mumkin. Yoqimli ishtaha. |
Категория: Quyuq Taomlar |
Просмотров: 1160 |
Добавил: Kelinchak
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]