Bu hamir tayyorlash uchun biroz vaqt olsada, lekin juda ham foydali va pishganda ko’rinishi chiroyli va og’izda eriydigan mazali bo’ladi.
Masalliqlar
-3-4 stakan un
-200 gr uy haroratida erigan margarine va 50gr olovda eritilgan margarin
Tayyorlash:1. O’rtacha yumshoqlikda hamir qoramiz. (1stakan iliq suv+1choy-q tuz,+1chimdim shakar+50gr eritib sovutilan margarin=ga un solinadi). Hamirni 20min tindiramiz. Hamirni o’qlovda biroz yoyamiz.
2.Hamirning o’rtsiga margarinni qo’yamiz va ikkala tomondan hamirni buklaymiz.
3.Qolgan ikki tomonni ham buklaymiz va 10daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Hamirni sekin-sekin o'qlov bilan bosamiz va asta uzunasiga yoyamiz
va ikkala tomonidan bulklaymiz
4. Hamirni sovutgichdan olib uzunasiga biroz yoyamiz.
5.Faqat tepa va pastki qismni buklaymiz va hamirni yana 10daqiqiaga sovutgichga qo’yamiz. Shu ishni yana bir marta takrorlaymiz.
6. Hamirni sovutgichdan olgach, pishiriladigan taom uchun kerakli qalinlikda yoyib, kerakli o’lchamlarda kesib olamiz.
Ushbu hamirni keraklicha kesib olib, uni kleyonkaga solib, muzlatgichda(morozilnik) bir oyga yaqin saqlash mumkin.