Sutni ilitib (qo’l kuydirmaydigan darajada) shakar va drojji bilan aralashtirib, 15-20 minut ko’pirishi uchun bir chekkaga qo’yib qo’yamiz.
Xamir qorish uchun mo’ljallagan (katta) idishga un solib, o’rtasini hovuz qilib ochamiz. O’rtasiga drojjili sut, tuz, yog’ solib, bir chekkadan un qo’shib, aralashtirib yumshoq hamir qoramiz.
Qo’lingizga hamir yopishsa yog surib, qo’lingizdaki va idishga yopishgan xamirni tozalasangiz bo’ladi. Xamirga dumaloq shakl berib, idish ustidan tsellofan paket bilan o’rab va uni ustidan sochiq o’rab, 40-60 minut hamir oshishini kutamiz.
Xamir oshguncha qiyma tayyorlaymiz. Piyozni mayda qilib to’g'rab qiyma, tuz va ziravorlar bilan aralashtirib bir chekkaga qo’yib turamiz. Qiymani juda ko’p ishlab yubormang, aks holda kotletaday qattiq bo’lib chiqasi.
Oshgan hamirdan tuhumday zuvalalar uzib, qo’lda yassi shakl berib, ichiga qiyma solib tuhumday uzunchoq yoki dumaloq shakl berib yopamiz. Huddi shu ravishda xamirdan zuvalalar uzib bir qancha somsa yasaymiz. Ikkita yoki to’rtta somsani bir-biriga yopishtirib, podnosga terib chiqamiz. Podnosga terilgan somsalar yana oshishi uchun 10 minutga yana tindirib qo’yamiz. Oshgan somsalarni ustidan tuhum sarig’i va sedana sepib 160-180C darajada duhovkada pishirib olamiz.