Oro kirmay hayqirar, ingrar,
Og’rir goho butun vujudim.
Qaysar yurak to'xtovsiz yig'lar,
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M!
Atrofimga alanglab tinmay,
"Kelarmikin..." uzoq kutaman.
Ursalar ham egilmay, sinmay,
Dardlarimni ichga yutaman.
Eshik qoqib o'tadi yillar,
Hayqiradi sog'ingan ko'ngil.
Boshim faqat shabboda silar...
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M
Meni kutar qabrim, bilaman,
Kovlashmoqda hozir tuprog'im.
Nahot hayrlashmay ketaman...
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M!