Ovqat
qilishni umuman bilmaydigan odam ham hech bo’lmaganda tuxum pishirishni
biladi menimcha, bir tanishim "ovqat qilishni bilmayman lekin 99 xil
tuhum pishirishni bilaman” degandi xazil bilan. Tuhum universal mahsulot
hisoblangani uchun undan turli hil taom, pishiriq, salat va boshqa
narsalar tayyorlash mumkin. ( Kim biladi, balki men ham saytda 99 xil
tuxum retsepti yozarman?
Kerakli masalliqlar:
Yirik tovuq tuxumi
Sariyog’
Tuz
Murch (oq, qizil, qora)
Muz
Tayyorlanishi:
Tuxumni holodilnikdan oldindan chiqarib qo’yamiz, xona issiqligidaki tuxumni endi qaynashni boshlayotgan suvga tashlaymiz. Bunday qilishimizning sababi agar sovuq suvga solib qaynashini kutsak tuxum sarig’i o’rtasida bo’lmay pastga cho’kib qolishi mumkin, qaynay deyayotgan suvga tashlasak darrov pishishni boshlaydi. Baribir sarig’i o’rtasida bo’lmay cho’kib qolsa, ora orada qoshiqda aylantirib turishingiz kerak.15 minut davomida qaynatamiz.
Tuxum pishguncha bir tog’orachaga muz bo’laklari va sovuq suv to’ldiramiz. Pishib chiqqan tuxumni shu suvga solib sovutamiz
Tuxum po’chog’ini tozalab, o’rtasidan zigzag shaklda kichkina pichoqda kesib chiqamiz.
Tuxum sarig’ini olib, qirg’ichdan o’tqazamiz. 1 ta tuxum sarig’iga 1 osh qoshiq yumshoq sariyog’ (1/1 miqdorda) solib, tuz va va ta’bga ko’ra murch qo’shib yaxshilab ezib aralashtiramiz. Tayyor aralashmani shakl beradigan qopga solib tuxum oqini ichini to’ldirib chiqamiz.Tuxum oqi dumalab qolmasligi uchun tagidan bir bo’lak kesamiz.