Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2012 » Yanvar » 18 » Italiyada cho‘kkan kemada omon qolgan qozog‘istonlik o‘zbek qiz hikoyasi
09:11
Italiyada cho‘kkan kemada omon qolgan qozog‘istonlik o‘zbek qiz hikoyasi


http://cs5965.vkontakte.ru/u155279670/148085633/x_a89570cd.jpg


Juma kuni Italiyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida toshga urilib cho‘kkan Kosta Konkordiya kemasida omon qolgan, ilk xabarlarga ko‘ra, 8 qozog‘istonlik o‘rtasida asli Taraz shahridan bo‘lgan o‘zbek qizi Lola Ageyeva ham bor edi. U olmotilik turmush o‘rtog‘i Rustam Ageyev va yana ikki do‘sti bilan qishki ta‘til doirasida kruiz sayohatiga chiqqandi. 


Lola hozirda hamrohlari bilan Rimdagi mehmonxonaga joylashgan va qozoq elchixonasining yordamini kutmoqda. U va yaqinlarining barcha yuklari kemadagi yotoqxonalarda qolib ketgan. Lola ikki farzandning onasi. 


U kruizga chiqishdan avval Frantsiyada farzandlari bilan ta‘tilda bo‘lgani, dengiz sayohatidan avval esa farzandlarini Olmotiga qaytarganini aytadi. Lola Ageyeva o‘z boshidan kechirganlarini BBCga so‘zlab berdi. 


Ageyeva: Biz kema restoranida 13-yanvarni, ya‘ni Eski Yangi Yilni nishonlayotgandik. Birdan qandaydir tebranishni sezdik. Ko‘p o‘tmay kema bir yonga og‘ishni boshladi, stollardagi ham narsa sochilib tushdi. Odamlarda vahima boshlanib, hamma qayergadir yugurib, yaqinlarini qidira boshlashdi. Biz tashqariga, qutqaruvchi qayiqlarga yaqinroq joyga chiqish kerak deb tushundik. Tashqariga yugurib chiqib, qayiqlarning yoniga turdik va qutqaruv kamzullarini qidira boshladik. Hech kim bizga bu kamzullarni tarqatmadi, o‘zimiz qayerlardandir topdik. Bu vaqtda odamlar faqat turgan joylarida turishgandi, kema esa yana og‘ib borayotgandi. Avval bir tomonga og‘di, keyin keskin tarzda teskari tomonga og‘di va biz boshqa tarafga yugurib o‘tdik. Juda qattiq og‘gandi, chunki biz har narsalarni ushlab olib, zo‘rg‘a tikka turgandik. Bu ikki soatlar davom etdi. Bizga "xavotir olmanglar, hammasi joyida bo‘ladi" deya e‘lon qilib turishdi. Biz to‘rtinchi qavatda edik. 


BBC: Hech kim sizlarga nima qilish kerakligi, qayerga yig‘ilish kerakligi borasida ma‘lumot bermadimi? 


Ageyeva: Yo‘q, ochig‘ini aytsam, yo‘q. Bu bizning birinchi marta kruizga chiqishimiz emas. Masalan, Amerika kruiziga minganimizda bizga qaysi qutqaruv qayig‘i bizga tegishli ekani, evakuatsiya payti qayerga borish kerakligi va kim mas‘ul ekanini avvaldan aytishgan. Lekin, bu safar umuman bunday bo‘lmadi. Qayerda qayiq bo‘lsa, hamma yoppasiga shu yerga qarab yugurdi... Xullas, keyin bizni qayiqlarga o‘tqazib olib ketishdi. 


BBC: Qayiqlarga tushayotganda vahima ko‘pmidi odamlarda? Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, odamlar bir-birini itarib, olatasir bo‘lgan. 


"Dugonam agar toat-ibodat qilishni bilsak, kalima qaytarishni boshlashni taklif qildi. Menimcha, u vaqtda bizda bo‘lgan yagona tanlov duo qilish edi." " 


Ageyeva: Hayron qolganim shuki, unday qattiq vahima bo‘lmadi. Biz odamlar bir-birini bosib ketadi deb kutgandik, lekin unday bo‘lmadi. Keyin bizga aytib berishlaricha, oxiriga borib shunday bo‘libdi. Kema butkul yoniga ag‘anib, oxirgi yo‘lovchilar qutqarilayotganda, qayiqlar uchun talashganlar. Biz esa birinchilardan bo‘lib qutqarib olindik. Biz o‘tirgan qayiq kattagina edi, 100-150 odam sig‘di unga. Qorong‘u bo‘lgani uchun biz qirg‘oqqa shuncha yaqin ekanimizni ham sezmagan ekanmiz. Biz dengizning o‘rtasidamiz deb o‘ylagandik. Qirg‘oqni ko‘rib, ko‘plar yengil uh tortdi. Bizning omadimiz chopgan ekan. Ortda qolganlarga juda qiyin bo‘libdi. Bizning qayiqdagilar yig‘lashayotgandi, kattaroq yoshdagi odamlarning yuraklari og‘rib mazalari qochib qoldi, ba‘zilar hushidan ketib qoldi. Juda ko‘plarni tez yordam mashinalarida olib ketishdi. Hatto kruiz kemasida kutib turganimizda ham odamlar hushlaridan ketib qolishayotgandi. Bolalar ko‘p yig‘lashdi. Juda kichik yoshli bolalar ko‘p edi, umid qilamanki ular tushunishmadi nimalar bo‘layotganini. Qutqaruv juda cho‘zilib ketganini endi tushunib yetayapmiz. Bizni qutqarishayotganda kema shunchalar og‘ib ketgan ediki, biz suvdan uzoqlashib qolib, qayiqlarga tushish qiyin bo‘lib qolgandi. Biz kemaga borib urildik bir necha marta. Boshqa odamlar esa qayiqqa tusha olmay, arqonlarga osilib tushishdi. 


BBC: O‘sha vaqtda qanday fikrlar o‘tdi boshingizdan? Nimalar haqida o‘ylayotgandingiz? Ko‘plar mashhur Titanik fojeasini eslay boshlabdi. 


Ageyeva: Ha, bilasizmi, menimcha hamma shuni o‘yladi, chunki hamma bu filьmni ko‘rgan. Albatta, Titanik ochiq dengizda bo‘lgan va havo juda sovuq bo‘lgan, lekin baribir biz bu vaziyatni o‘sha filьmdagi voqealarga qiyoslay boshladik... Juda qiyin menga hozir hissiyotlarimni yetkazib berish, eng ko‘pi farzandlarim haqida o‘yladim... Meni erim va do‘stlarim tinchlantirishga urinishdi. Erim meni qo‘llab-quvvatladi, yonimdagi do‘stlarim ham. Dugonam agar toat-ibodat qilishni bilsak, kalima qaytarishni boshlashni taklif qildi. Menimcha, u vaqtda bizda bo‘lgan yagona tanlov duo qilish edi. 


BBC: Ba‘zi odamlar suvga sakrab, jon saqlashga uringanlari qayd qilingan. Sizning boshingizdan shunday fikr o‘tdimi? 


Kosta Konkordiyaning cho‘kishiga uning toshga borib urilishi sabab deb aytilmoqda 


Ageyeva: Bizdan ham shunday fikrlar o‘tdi, chunki nima uchun bizni qayiqlarga o‘tqazishmayotganini tushunmadik va o‘zimizni sakrashga tayyorlay boshladik. Mening erim harbiy kemada xizmat qilgan va u ba‘zi qoidalarni biladi. Erim agar kema birdaniga tez suratlarda cho‘kishni boshlasa, qayerga va qanday sakrash kerakligini tushuntirdi. Kamzullarni kiyib olgandik va sakrashga tayyor edik. Ko‘p odamlar sakrashdi, chunki asablari ko‘tarolmay qoldi. Mening yonimda hech kim sakramadi, lekin kema butkul ag‘anagandan keyin, odamlar chiday olmay sakrashgan. Men gaplashgan rossiyalik bolalar menga aytib berishdi, ular arqonlarga osilib olishgan ekan, arqon moyli bo‘lgani uchun, sirpanib suvga tushib ketishgan. Hozir ular sog‘-omon, Xudoga shukur. 


BBC: Havo sovuqmidi? 


Ageyeva: Biroz sovuq edi, chunki harqalay hozir qish. Lekin, biz sovuqni sezmadik, chunki shokka tushib qolgandik. Keyin qirg‘oqqa yetganimizda, o‘zimini o‘rash uchun nimalarnidir qidira boshladik, mahalliy odamlar ko‘rpalar va kurtkalar bilan yugurib kelishgandi. Avvalo, bizni tonggi soat 6largacha hech qayerga joylashtirishmadi, keyin kimlardir cherkovga, kimlardir maktabga joylashishdi, biz esa bir mahalliy oilaning uyida qoldik. Ertasi kuni bizni olib ketishdi. 


BBC: Kosta Konkordiya qanday kema edi o‘zi, tasvirlab bering. 


Ageyeva: Bu katta kema. Zamonaviy. Hammasidan qoniqqandik, chunki yotoqxonalari juda yaxshi edi. Xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgandi. Italiyaliklar quvnoq xalq, shuning uchun kemadagi ko‘ngilxushlik tomoshalari ham qiziq edi. Kunduzlari qirg‘oqqa tushib, ekskursiyalarga chiqardik. Kruizimiz yakun topishiga ikki kun qolgandi. Mana bugun dushanba u tugashi mo‘ljallangandi. Barselonada boshlangandi va Barselonaga qaytishimiz rejalangandi. Hech hayolimizga kelmagandi bunday yakun topishi. 


BBC: Siz hozir Rimda ekansiz, Qozog‘istonga qaytishni kutayapsiz. Sizga ruhshunoslar yordami, yoki moliyaviy yordam ko‘rsatilayaptimi? 


Ageyeva: Yo‘q, hozircha yo‘q. Xabarlarda o‘qishimcha, tibbiy xodimlar va politsiya biz bilan ishlamoqda ekan, lekin unday gap yo‘q. Kim nima qila olsa, o‘zi qilayapti. Yaxshiyam do‘stlarimizdan birining yonida karmoni bo‘lgan ekan, undagi viza kartochkasiga Qozog‘istondan yaqinlari pul jo‘natdi. Mening qo‘limda esa faqat telefonim qolgan, boshqa hamma narsa, hujjatlarim, yonimdagi bor yukim kemada qoldi. Bizga hali ham va‘da qilingan uchoq chiptalarini berishmadi.






Категория: HAR XIL | Просмотров: 1119 | Добавил: zahargul | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]