Главная »
2010 » Dekabr » 8 » Gunoh bo'lsa seni sevganim.
00:40 Gunoh bo'lsa seni sevganim. |
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi, O'tgan kunim harob bo'ladi. Ichgan suvim sharob bo'ladi, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi, Bag'rim ezib orom tig'laydi. Yuragimga qil ham sig'maydi, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Bo'lsa masixlar kuni agarda, Ko'tarilsa g'iborlik parda. Qarama deb qilmagin zarda, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Hazon bo'lar ochilgan gullar, Ishq bog'ida tutashmas yo'llar. Kuylab navo qilmas bulbullar, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur, Hijronla g'ami zo'r bo'lur. Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur, Gunoh bo'lsa seni sevganim. |
Категория: She'rlar/Verse |
Просмотров: 557 |
Добавил: Angeloza
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]