Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Dekabr » 28 » " Choy haqida qiziqarli ma´lumotlar "
02:59
" Choy haqida qiziqarli ma´lumotlar "
                      Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Biz, o'zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug'iyu, yozning jaziramasida eng ko'p ichiladigan ichimlik baribar choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak ekan. Lekin unutmang, choy - shifobaxsh ichimlik, u suv emas. Har zamonda qaynatib ichiladigan bargli shifobaxsh ichimliklarni bilamiz. Endi o'ylab ko'ring, o'sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat mahalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qiladimi? Nega unda shifobaxsh ichimliklardan biri bo'lgan choyni bot-bot ichaveramiz?

Bu savol hammaga erish tuyulsa kerak. Axir choy hech kim uchun yangi bo'lmagan ichimlik-ku. Milliy taomimiz, libosimiz va boshqa milliyligimizni bildiruvchi ehtiyojdagi narsalar qatoridan choy ham milliy ichimlik sifatida o'rin olishga ulgurgan. Shuning uchun ham so'zlashuvimizda ichimlik yoki boshqa ma'nolarni anglatadigan "choy" so'zini ko'p ishlatamiz. Masalan, "bir piyola choy ustida suhbat","choyga marhamat", "kelinning qo'lidan choy"... deb umumiy ovqatlanishni nazarda tutishimiz mumkin. Chindan-da, choysiz kunimizni tasavvur qilolmaymiz. Shu ichimlik bilan bog'liq tarixiy voqea -"Boston choyxo'rligi" ham ko'pchilikka ma'lum. "Mashhur" ichimlikning foydali xususiyatlari haqida ko'p gapirilgan va ancha-muncha xabardormiz. Ammo choy to'g'ri ichilgandagina foydali bo'lishini ham unutmasligimiz lozim.

Biz, o'zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug'iyu, yozning jaziramasida eng ko'p ichiladigan ichimlik baribar choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak ekan. Lekin unutmang, choy - shifobaxsh ichimlik, u suv emas. Har zamonda qaynatib ichiladigan bargli shifobaxsh ichimliklarni bilamiz. Endi o'ylab ko'ring, o'sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat mahalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qiladimi? Nega unda shifobaxsh ichimliklardan biri bo'lgan choyni bot-bot ichaveramiz?

Ovqatga qo'shib deyarli hamma choy ichadi. Choyning tarkibidagi tanin moddasi esa oziq mahsulotlarda mavjud bo'lgan foydali moddalarni parchalab yuboradi, natijada organizmda vitaminlarning yetishmasligi yuzaga keladi. Choy bilan birga iste'mol qilinganda go'sht 40 foizdan 100 foizgacha qonga so'rilmasligi mumkin. Mevalarning esa 5 foizdan ko'pi so'rilmaydi. Umumiy ovqatlardan ko'radigan bo'lsak, choy bilan iste'mol qilingan mahsulot tarkibidagi vitamin va temir moddasining kamida 70 foizi so'rilmay qoladi. Bu esa inson salomatligi uchun salbiy ta'sirdir. Hozir dunyoda ko'pchilik insonlar kamqonlik bilan kasallangan. Bu kasallik asosan temir moddasining yetishmasligi oqibatida yuzaga keladi. Temirga boy mahsulotlar bo'lmish meva-sabzavot, ko'kat, dukkaklilarni iste'mol qilish bizni anemiyadan saqlab qolishi mumkin. Ammo bularni choy bilan iste'mol qilish vitamin va temirning organlarimizga to'liq yetib borishiga to'sqinlik qiladi.

Yurtimizda ko'p sonli aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar temir tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklarga chalinayotgani tufayli kundalik iste'mol qiladigan nonimizga temir moddasini qo'shish, ya'ni unni boyitish yo'lga qo'yilgan. Bu kamqonlikka qarshi kurashlardan biridir. Siz nonni nima bilan yeysiz? Albatta choy bilan. Bu esa yuqorida ta'kidlaganimizdek, temir moddasi mavjud bo'lmagan nonni yeyish bilan barobar.

Yana ko'pchilik yosh bolaga choy berib xatolikka yo'l qo'yadi. Uch yoshgacha bolalarga choy ichirish tibbiyot nuqtai nazaridan man etilgan. Bolakayning choyiga yoki sutiga shakar qo'shib berish ham noto'g'ridir. Bolalarni yoshligidan ovqatlanish tartibiga e'tibor berish lozim. Agar uning organizmida temir yetishmovchiligi yuz bersa, bu keyinchalik aqliy rivojlanishdan orqada qolish xavfini ham tug'diradi.

Salomatlik uchun kurashish yo'lida ovqatlanish tartibimiz, ayniqsa choy ichish an'nalarini o'zgartirishimizga to'g'ri keladi. Ovqat mahali yoki ovqatdan so'ng choy ichmang. Choy o'rnida boshqa ichimliklar, masalan, qaynagan yoki ma'danli suv va sharbatlar ichishingiz mumkin.

Bu maslahatlardan so'ng, choy sog'ligimiz kushandasi ekan, degan fikr tug'ilmasin. Choyning organizmdagi ahamiyati katta. U ko'plab kasalliklar uchun da'vo bo'la oladi. Ammo asalning ham ozi shirin. Choyga shifobaxsh ichimlik sifatida qarab, me'yorga va vaqtiga ko'ra ichsak, salomatligimiz uchun foydali. Ovqatlangandan 30 daqiqa keyingina ichilgan choy yoki qahva bezarardir.

Salomatlik hamma uchun kerak va uni asrab qolish o'z qo'limizda. Bu unchalik qiyin ham emas. Oddiy ko'ringan narsalarga chuqurroq nazar tashlasangiz, barchasiga erishasiz. Keling, hozirgi daqiqadan e'tiboran har kungi choyimizga nisbatan yangicha munosabatni shakllantiraylik.

"Hurriyat" gazetasidan olindi.
Категория: Salomatlik Sirlari | Просмотров: 1139 | Добавил: DjNigora | Теги: Choy haqida qiziqarli ma´lumotlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]