Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 25 » YOLG`IZ AYOL NOLASI
12:26
YOLG`IZ AYOL NOLASI
YOLG`IZ AYOL NOLASI

Umr yo`lim o`ngu-so`lida,

Yolg`izlikni saxro cho`lida,

Biz uchrashdik taqdir yo`lida,

Dillarimiz bo`ldilar payvand,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Hayot shirin derdilar axir,

Meni esa hayotim taxir,

Yo`q demadim, qilmang deb qahr,

Ho`p deganim sababi albatt,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Bag`rim ochib turaman bir pas,

Siz nafsingiz qondirsangiz bas,

Demang meni faqat esi past,

O`rtamizda oddiy haqiqat,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

So`rasangiz beraman borim,

Tinglamaysiz dildagi zorim,

Bo`lsangiz ham omonat yorim,

Vujudimni aylagansiz band,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Sevaman deb aytasiz yolg`on,

Asli sizni sevgan men nodon,

Ey yolg`onchi bo`lingiz omon,

Takror, takror aytaman faqat,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Siz birovni yori, bilaman,

Bilib turib bag`rim tilaman,

Na ilojman, nima qilaman?

Yuragimni qiynaydi shu dard,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Qachongacha shunday yuramiz,

Pinxonlarda suhbat quramiz,

Nasib qilsa bir kun ko`ramiz,

Mayli, mayli qilaman toqat,

Sizda nafs bor, menda muhabbat.

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 1056 | Добавил: shirina | Рейтинг: 4.3/6
Всего комментариев: 6
+1  
6 yulduz   (06.02.2011 17:28) [Izoh]
ilohim nima niyatiz bulsa niyatizga eting shirina juda tasirli she'r umrimda bunaka she'r eshitmaganman ijodizga ulkan omad tileman

0  
5 nodira   (26.01.2011 09:58) [Izoh]
rahmat

0  
4 WWW_UZPREMYERA_COM   (25.01.2011 23:43) [Izoh]
MALADES

0  
3 Angeloza   (25.01.2011 17:18) [Izoh]
yolgiz qolishdan alloh ozi asrasin iloxim barchamizni

0  
2 Angeloza   (25.01.2011 17:18) [Izoh]
juda tasirlik sher

+1  
1 shirina   (25.01.2011 12:26) [Izoh]
sad sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]