Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Mart » 30 » Ular bir-birini ayovsiz tanqid qilishdi! Nega?
12:32
Ular bir-birini ayovsiz tanqid qilishdi! Nega?
Уменьшить

Ular bir-birini ayovsiz tanqid qilishdi! Nega? 



Bu ikki ijodkorning biri og’irtabiat, ikkinchisi sho’x-shaddod. Lekin ikkalasi bir butun. Ya’ni shou-biznesdagi yagona duet. Bugungi noodatiy suhbat orqali siz bu ikki ijodkorning bir-birini tanqid qilish orqali kamchiliklarini ochganiga guvoh bo’lasiz. Bizga yoqdi, balki sizga ham yoqsa ajab emas. Negaki, bir butun bo’lib yurish uchun kim kimni ko’proq to’ldiradi-yu, kim kim kimning sirlarini ko’proq fosh etadi? Demak, boshladik…



Oybek: — Nigoraning yomonligini sanog’iga yetib bo’lmaydi. Nigorani har kuni eshigini tagida poylab bir soat o’tiraman. Bo’lmasa uydan chiqqunimcha qo’ng’iroq qilib aytaman, Nigora men ketyapman tayyor bo’lib turing deb. Shunda ham borganimdan so’ng eshigini tagida bir soat kutishga majbur bo’laman. Shuning uchun bir yo’lini topdlim. Hali bormasimdan turib uydan chiqayotganimda men keldim, tushing deyman.

Nigora: — Ha, bir marta shunaqa bo’ldi. Men keldim, deganida oldinroq tayyorlanib o’tirgan edim, ko’chaga chiqib ancha kutib qolsam, deng. O’shanda Oybek eshitadiganini eshitdi. Nega men sizni ko’chada kutishim kerak, o’tib qaytayotganlarga yomon ko’rinib, deya rosa janjal qilganman. Axir Oybek kutsa mashinada kutadi, men esa ko’chada kutishga majbur bo’ldim. Undan ko’ra, Oybek kutgani yaxshi emasmi?

Oybek: — Har kuni mashinada men kutganimdan ko’ra, siz ham bir marta ko’chada kutganingiz yaxshi bo’lgan. Maza qilganman (kuladi).

Muallif: — Shunday qilib alamingizni olvoldingiz?

Nigora: — Bir marta kuttirib boshqa kuttirmaydigan bo’ldi.

Muallif: — Mana misol uchun ovqatlanasizlar-ku birga nimani yoqtirmaydi?

(voy-y ikkalasi birgalikda )

Oybek: — Masalan oshxonaga kirib qoladigan bo’lsak xullas u taomning bunisi, bu taomning unisini yemaydi. Men aytaman, Nigora ovqatni bunaqa qilib yemaydi, uyimdagilar o’rgatishgan. Ovqat xafa bo’lib qolishi mumkin. Qolaversa, uvol bo’ladi, deyman.

Nigora: — Oybekning shu odati yomon-ki u umuman ovqat qoldirmaydi.

Oybek: — Uvol bo’lmasin deyman. Shuning uchun Nigoradan qolgan ovqatlarniyam o’zim yeyishga majbur bo’laman.

Nigora: — Qiz bolaman shuning uchun ko’p ovqat yeya olmayman. Oybekning uvol bo’lmasin deb jonbozlik ko’rsatishi yaxshi. Lekin to’yganiga qaramay yeyishi va semirib ketayotganiga chidash qiyin. Bu nafsini jilovlay olmaslik deyiladi.

Oybek: — Agarda siz ovqatingizni qoldirmasangiz, men ham o’zimni majburlamayman.

Nigora: — Bunga ko’z yumamiz lekin yarim kechasi soat uchda turib ovqat yeyishingizni qanday izohlash mumkin. Ko’zlaringiz yumiq holdayam muzlatkichga yopisharkansiz-ku.

Muallif: — Tushunmadim. Yarim kechasi soat uchda Oybek nima qilayotganini siz qayerdan bilasiz?

Nigora: — Onalari shunaqa deb aytib berdilar. Qolaversa, o’zi ham bir kuni tilidan tutilib qoldi.

Oybek: — O’zi sizga biror narsani ishonib aytib bo’lmay qolibdi. Bundan buyon gapirmayman.

Muallif: — Sport bilan shug’ullanasizlarmi?

Nigora: — Voy, so’ramang. Keling yuguramiz desam shunaqa erinchoqlik qiladiki, asti qo’yaverasiz. O’zi menga sport bilan shug’ullanish mumkin emas. Sariq kasal bo’lganman. Lekin shunga qaramasdan Oybekni o’ylab ish tutsam ham u erinchoqlik qilaveradi-da.

Oybek: — Nigora meni semirib ketibsiz deb gapiraverganidan bugun o’zimga o’zim ochlik e’lon qildim. Endi Nigoraga keladigan bo’lsak, u haddan ziyod ko’p gapiradi. Kechasi soat uchda ham turib gapiraverarkan.

Nigora: — Buni Oybek o’sha payt ovqat yegani turganda sezsa kerak. (kuladi). Lekin gastrollarga borganimizda shuni bilganmanki, Oybek juda qattiq xurrak otadi. (yana kuladi)

Oybek: — Hech ham. Xurrak otmayman-e. E’tibor berayotgan bo’lsangiz Nigora hozir yolg’on gapiryapti. Semirganligim haqidagi gaplari ham yolg’on. Shunchaki yillar bo’y-bastimizga ta’sir qilyapti. Axir biz endi 18 yosh emas, 23 yoshdamiz.

Nigora: — Nega yillar mening qomatimga ta’sir o’tkazmayapti, bo’lmasa?

Oybek: — Endi Nigora siz ulg’ayganingiz bilan aqlingiz, o’sha-o’sha qolgan. (kuladi) Nigoraning jahli chiqadi.



Muallif: — Kiyinish borasida-chi?

Nigora: — Bu haqda umuman gapirmasa ham bo’ladi. Oybekda did yo’qligi shundoq ham ayon.

Oybek: — (qizishib) O’zingda did yo’q.

Nigora: — Sal adashibman. Didi bor, shunchaki kiyishni bilmaydi. Masalan, kiyimi kirmi, g’ijimmi kiyib ketaveradi.

Oybek: — Qachon kir va g’ijim kiyimlarni kiyganman. O’zimga qulay kiyimlarni kiyaman-ku.

Nigora: — Kir kuylaklarni kiyib yurganingizni ko’rganman.

Oybek: — (battar qizishgan holda) Bitta qo’yaman hozir-e.

Nigora: — Agar men aytmasam o’shanaqa holatdagi kiyimlarni ham kiyib ketaverasiz. Ko’pincha meni oldimga kelishigacha telefon qilib nima kiyayotganini so’rayman. Buni desa, unimas buni deb o’rgatib turaman.

 Уменьшить


Oybek: — (yana jahl bilan) Bo’pti sizga!

Muallif: — Nigora-chi? Idealmi?

Nigora: — Ijodda qaysarman, Oybek ijodda ham erinchoq.

Oybek: — Qaysarligini aytmasa ham bo’ladi, yig’lab bo’sayam ko’ndiradi.

Nigora: — Bitta qo’shig’imiz menga yoqmayapti. Yoqmasa, qaytatdan qildiraveraman.

Muallif: — Besh yil o’tdi. Va bu besh yildan so’ng...

Oybek: — Nigorani aytadigan bo’lsak, ancha ulg’aygan, lekin fikrlari o’sha-o’sha.

Nigora: — Bor yo’qoling (Jahl bilan kuladi).

Muallif: — Jahl chiqqanda bir-biringizga qay darajada "mehribon”siz?

Oybek: — Voy Nigoraning jahl chiqqani yoki chiqmagani ham bir xil. Arzimagan narsalarga ham kuchli asab bilan javob beraveradi. Shunda aytaman, Nigora, sal sekinroq gapiravering. Bu asabingizni buzishingizga arzimaydi, har asabiylashganda asab tolalari uziladi, deb. Lekin bilganidan qolmaydi. Eng hayratlanarlisi, bu xonim zinadan qo’rqadi. Undan ham battari eng beozor jonivor chuvalchangdan qo’rqadi. Nima u sizni yeb qo’yarmidi...

Nigora: — O’ziz-chi? Samolyotdan qo’rqasiz. Dokadek oqarib ketadi. Bechora...

Oybek: — Kim qo’rqmaydi?

Nigora: — Hattoki arg’imchoqda uchishdan ham qo’rqadi. Bir kuni jiyanim bilan uchchalamiz istirohat bog’iga bordik. Jiyanimni arg’imchoqda uchiring desam, yo’q deb turib olsa deng.

Muallif: — Demak madaniy hordiq chiqarishni bilasizlar...

Nigora: — Ha ayniqsa men bu borada barcha tashabbusni o’z qo’limga olganman. Uch kundan beri kinoga tushaylik deyman, Oybek esa burnini jiyirgani jiyirgan. Haa mana yana bitta kamchiligi Oybek jamoat joylarida yurishni yomon ko’radi.

Muallif: — Nega bu "yulduzlik kasali”danmi?

Nigora: — Yo’q, o’taketgan odamovilikdan!

Oybek: — Noto’g’ri, men ko’pchilik bilan gaplashib o’tirishni yomon ko’raman.

Nigora: — Isitmangiz chiqmayaptimi ishqilib. Odamovi. Kimdir unga yoqmasa o’zini chetga tortaveradi, tortaveradi.

Уменьшить

Muallif: — Bekor uyda yotishni yoqtirarkan-da unda?

Nigora: — Yo’q, hartugul ishlaydi. Odam tanlaydi. Hadeb ko’chaga chiqib, hordiq chiqarishni yomon ko’radi. Odam dam olib turishi kerak-ku. O’shanda men yordamga kelaman.

Oybek: — Men ishlasam dam olaman.

Nigora: — Men charchayman. Ishlarimni ham o’z vaqtida qilib qo’yishni bilaman. Oybek ishlarini ham cho’zi-i-ib qiladi. (kuladi)

Oybek: — Ha, Nigorani eng katta kamchiligi, qiz bola sifatida bir tuzikroq ovqat qilishini ham bilmaydi. Mana yaqinda turmushga chiqishi kerak, bir oilaning bekasi bo’ladi, lekin hatto tuxum pishirishni ham bilmaydi, uylarni ham yig’ishtirishni eplolmaydi. Yigitlar (murojaat tarzida) Nigorani yoqtirsanglar, sizga bitta gap: U UY ISHLARINI EPLOLMAYDI!!!

Nigora: — Bu bilan hamma meni yoqtirganlarni yo’qotib, o’zizga qolishimni xohlayapsiz-a? (kuladi)

Oybek: — Hech ham. Tan oling bilmaysiz-ku!

Nigora: — Uy yig’ishtirishni 7 yoshimdan boshlab o’rganganman. Ovqatlarni ham do’ndirib tashlayman. Tan olaman, bir yil oldin ovqat qilishni bilmasdim.



Muallif: — Xafagarchilik qanday kechiriladi?

Oybek: — Bu kishidan ayb o’tgan bo’lsa ham, men yoniga borib Nigora siz uchun meni kechiring, deb kechirim so’rayman.

Nigora: — Keyin yana men xafa bo’laman. (kuladi)

Muallif: — Nigora haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritish kerak…

Nigora: — Ha, aytishlariga qaraganda men ikki marta erga tegibman. Bittasi 70 yoshli chol emish. Ikkita bolam bor emish. Va hokazo. Ilgari bu gaplarni eshitib yig’lab chiqqan bo’lsam, keyin keyin ko’nikib ketdim. Baribir bu mish-mishlarni to’xtatib bo’lmas ekan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, har ikki ijodkorga ham ko’z tegmasin. Beg’uborlik borasida ular hali shou-biznesning hasadli dunyosiga aralashib ulgurishmagan. Hech qachon ularni manna shunday beg’uborlik tark etmasin!

Категория: News/Новости | Просмотров: 1727 | Добавил: shirina | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 4
+1  
4 ShaBnaM_Uz   (02.04.2011 23:51) [Izoh]
Ajoyib suhbat bubdi.

0  
3 lola(Yevropa)   (30.03.2011 21:21) [Izoh]
Oybek ylanganmi? lekin ikkalasigayam omad ijodiga

+1  
2 layloxon   (30.03.2011 20:07) [Izoh]
ХА БУ ИККАЛАСИГИ ГАП ЙОК ОМАД

-1  
1 sabr   (30.03.2011 15:02) [Izoh]
nigora ham semirib yotibdiyu. oyibekni ovozi yahshiroq

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]