Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 4 » To'rt "QOPCHA"
23:10
To'rt "QOPCHA"
To'rt "QOPCHA"

Oldindan etib o'tsam,avtori men emas,man faqat bajaruvchi.
Shunday qilib o'sha kuni 2ta qopcha qildim,1-zakaz, 2-mehmonga.

Oldindan pishirilgan biskvitni tepasidagi va pasidagi qirralari kesib olinadi.Kesmalarni olib qo'ying!!!



Bo'laklarga bo'lib,orasi kremlab olinadi.



Xaligi bo'laklarni bir idishga solib



krem bilan aralashtirib olinadi.



E'tibor bering,massangiz suyulib ketmasin!
Shu massa to'rtning ustiga shunday surtilsinki, to'rtning usti dumaloqsifat bo'lsin.



To'rt muzlatgichda muzlagunicha, ganash tayyorlanadi.
Ganash kremsifat bo'lib sovuganidan keyin tortning ustiga suruladi.



Keyin issiq pichoqda tekkislanadi



To'rt muzlatgichga qo'yilib,mastika tayyorlanadi.Tayyor mastika yoyiladi va setkaning izi tushuriladi.



Agar tanigan bo'lsangiz bu "москитная сетка".
To'rtning ustini mastika bilan yopamiz



Manda mastika rang bilan yaxshi aralashmagani ko'rinib turibdi,chunki shoshayotgan edim,keyin baribir bilinmaydi.



Ortiqchasi kesib tashlanadi va buklab-buklab



pichoqda to'rtning tagiga qayirib qo'yiladi.



Idishga suv solinadi va kraska qo'shiladi.Toza lattacha shu kraskali suvda namlanib, to'rtning ustiga surtiladi.Hamma yog'iga surib qo'yib keyin rossa qiynaldim.Keyingi tortimda hamma yog'ini ho'llamaganim uchun osonroq bo'ldi



Qolgan xamir yoyilib, tasma kesib olinadi.



Tasmani yopishtiramiz va tagiga folga qo'yamiz



Xamirdan qopning arqoni yasab olinadi


.Folga olib tashlanadi va o'rniga arqon boylanadi.Ustini xoxlagan narsangiz bilan to'ldirsangiz bo'ladi.





To'rt "QOPCHA"
-ikkinchisi.

Bu ham qopcha,lekin ichi boshqacharoq.
Shunday qilib 4-burshak biskvit pishirib olamiz.Maniki 8ta tuxumli,razmeri 27.5ga 21.5 Biskvitimiz yumshoq chiqishi juda muhim,iloji boricha chetlari qotib chiqmasin.




Shu turishida bo'laklarga bo'lib olamiz.



Xar bo'lagini olib,propitkalab,kremlab olamiz .



O'rtasidan 2ga bo'lib olamiz.



Shu bo'lakchani olib o'rab ketaveramiz.



Keyin 2chi qavatini yasaymiz.




2chi qavati 1chisidan kattaroq bo'lishi kerak.
Keyin 3chi qavatini yasaymiz.



3chi va 1chi qavatini razmeri bir xil bo'lsin.O'rtadagi 2chi qavati ozgina chiqib turishi k-k.
Qarasam yana 3ta bo'lak qolibdi.Kremladimda o'rtasidan bo'lmasdan o'rab qo'ydim.



Kichkinagina to'rtcha bo'ldi(adamizni ham nasibalari bor ekan)





Adamiz :"Yaxshi chiqibdi, faqat kremi ko'proq b-b qolipdi"-dedila.



Mehmonga olib ketganimizni kremi normal edi.
Kichkina to'rtni qilgunimcha kattasi morozilkada ozgina muzlab oldi.
To'rtni olamizda, chiqib qolgan qirralarini kesib tekkislab olamiz.



Xaligi bo'laklarga ozgina krem aralashtirib,to'rtni ustiga suramiz.



Teshiklani berkitib surilganidan so'ng,to'rtni dumaloq qilishimiz k-k.



Biskvit kakaoli bo'gani uchun,ganashni xam qora shokolatdan qildim.



To'rtni mastika bilan qoplaymiz va tasma yopishadigan joyini ho'llab olamiz.



Bundan oldingi to'rtda hamma yog'ini ho'llaganimda ,tasmani yopishtirayotib rossa qiynalgan edim.
Tortimiz tayyor.



O'zi originalida chekkasida yamog'i bo'lishi k-k edi.Bizani olib ketishga akam kelib qolgan edila, shosha-pisha rasmga ovalishga ulgurdim xolos.Tayyor to'rtni ko'rib rosa xayron b-b "bu nima"-deb so'radila.To'rt desam,
-qani?
-o'zi
-ichidami?Ustidagisi olib tashlanadimi?
-yo'q ,hammasi yeyiladigan.
-noni bormi ichida?
-ha aka albatta biskviti bor,oddiy to'rtde faqat yasatilishi boshqacha.
-aaaa...
Keyin uyda oyimla ham xayron bo'ldila,ayniqsa kesilganidan keyin.



Bir necha kundan keyin zakaz tushdi.Ana o'shanda yamog'ini ham qilindi.


Yaltiroq qilganimni sababi,klient "iltimos, rosa shiroyli qilib bering.Bu bo'lajak kelinimizning tug'ilgan kuniga kuyovdan sovg'a"-deyishgani uchun.


Yamog'i 2ta edi:1chisi yozuvli,2chisi oddiy.Qopchani rangi to'q bo'lgani uchun shokoladli yozuv uncha ko'rinmas ekan.Tezda lemon sharbatiga sax.pudrani qo'shib , och sariqga bo'yab,shok-li yozuvni o'chirib boshqatdan yozib bo'lgan edim,kliyentla kelib qolishdi.Rasmga olishga ulgurmadim ham.Mana bugun telefonda raxmat etib qo'yishdi.Juda xursand bo'ldim.
Категория: Shirinliklar | Просмотров: 979 | Добавил: shirina | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 6
0  
4 sabr   (05.05.2011 16:55) [Izoh]
aytishizdan zo'r bo'lsa kerak bu yerda ham qurbaqalar rasmi.iltimos to'girlanglar rosa qiziqyabman qanaqligiga.yaqinda paty bor edi pishirardim.kutaman.

0  
5 shirina   (05.05.2011 18:02) [Izoh]
Opajon albatta tog'irlab qo'yaman happy

0  
3 moon264   (05.05.2011 15:35) [Izoh]
Shirina hammasini ozi, tayyorlab, sutatka olib kegen koyar ekan! Shirina ya toboo voshiwayus'! Molodeeec!!! Umni4ka! uda4ki tebe zayka!))

0  
6 shirina   (05.05.2011 18:02) [Izoh]
Raxmat happy

0  
1 mubina   (05.05.2011 07:33) [Izoh]
rosa dahshat tort bulsa kerak molodes

0  
2 shirina   (05.05.2011 07:44) [Izoh]
Opa tayorlab ko'ring mazzali chiqadi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]