Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 9 » Şekerpare-Shakarpora shirinligi
06:03
Şekerpare-Shakarpora shirinligi

Shakarpora shirinligi haqida yozishdan oldin turk shirinliklar haqida qisqa ma’lumot berib o’tmoqchiman. Turk oshxonasida shirinliklar uchun juda muhim ahamiyat berilib, kelib chiqish tarihi Usmonli podishohliginin qurilish davriga qadar taqaladi. Odatda ovqatdan so’ng suv, choy yoki kahva bilan tortiladi. Turk shirinliklari ishlatilish mahsulotlariga qarab hamirdan, sutdan, meyvalardan va meyva suvlaridan tayyorlanadigan shirinliklarga bo’linadi. Hamirdan qilinadigan shirinliklar odatda shakar sharbati bilan to’ydiriladi, shu sababli o’ta shirin shirinliklar hisoblanadi. Sutdan tayyorlanadigan shirinliklarga esa nisbatan kam shakar solingani uchun yengil shirinliklar hisoblanadi. Meyvadan tayyorlanadigan shirinliklar yengil tuyulsa ham shakar sharbati bilan to’ydirilgani bois parhez qilayotganlar diqqat bilan yeyishlari kerak.

Shakarpora shirinligi ham hamirdan tayyorlanib, shakar sharbati bilan to’ydiriladi. Ismi jismiga mos Shakarpora shirinligi juda shirin, hamiri og’izda eriydigan, ustidaki funduk yong’og’i esa o’zgacha ta’m beruvchi shirinlik hisoblanadi. Agar funduk yong’og’i topa olmasangiz oddiy yong’oq, maydalangan yoki butun handon pista bilan ham bezatishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar:

Hamir:

  • 250 gr margarin, hona issiqligida
  • 1 stakan shakar upasi
  • 4 osh qoshiq yorma (ruscha манная крупа)
  • 2 ta tuhum
  • 4 stakan un
  • 1 paket vanilin yoki vanil ekstrakti
  • 1 paket hamir oshiruvchi modda(ruscha разрыхлитель теста)

Shakar sharbati:

  • 3 stakan shakar
  • 4 stakan suv
  • Yarim limon suvi

Bezash uchun:

  • 50 gr funduk yong’og’i

  

Tayyorlanishi:

1. Margarin va shakar upasini mikserda aralashtiramiz. Shakar erigandan so’ng tuhum solib aralashtiramiz. 1 paket vanilin yoki vanil ekstrakti va yormani solib qoshiqda aralashtiramiz.

2. Alohida idishda un va hamir oshiruvchi moddani yahshilab aralashtiramiz va yuqoridaki aralashmaga kam-kamdan solib aralashtiramiz. Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir hosil bo’ladi.

3. Hamirdan yong’oqdan kattaroq zuvalalar uzib rasmda ko’rsatilgani kabi shakllar berib duxovka idishiga terib chiqamiz. Terayotganda hamir oralarida 1 sm joy qoldiring, chunki pishish mobaynida ishishi va ozgina yoyilishi mumkin.

4. Oldindan isitilgan duxovkada 160 darajada 25 minut davomida pishiring. Aytib o’tish kerakki hammani duhovkasi harhil bo’lishi mumkin shuning uchun ora orada duhovkangizni tekshirib turing, agar vaqt kamlik qilsa shakarporalar och jigarrang tusga kirguncha pishiring.

5. Shakarporalar pishguncha sharbat tayyorlaymiz. Qozonga suv va shakar solib 5 minut qaynatamiz, qaynab chiqgach yarim limon suvini siqib yana 1 minut qaynatamiz. Gazdan olib sovushini kutamiz.

6. Shakarporalar pishib chiqqanda 3 minut sovushini kutib ustidan asta sekinlik bilan iligan sharbatni quyamiz. Shunga ahamiyat berishingiz kerakki shakarporalar hali ham issiq lekin sharbat iliq bo’lishi kerak, aks holda kerakli natijaga erisholmasligingiz mumkin. Shirinligimiz sharbatga yaxshi to’yishi uchun 3-4 soat tindirib qo’yamiz.

Izoh: Uyda ikki kishi bo’lgani uchun yuqoridaki retsept yarim o’lcho’vga ko’ra tayyorlandi.

Категория: Shirinliklar | Просмотров: 1335 | Добавил: shirina | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]