Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 3 » Qovoq do'lma
21:58
Qovoq do'lma
Қовоқ дўлма /  Qovoq do'lma


Bu taomni tayyorlash uchun mayda qovoqchalardan sotib oldim. Yurtimizda 1-2 yildan beri mana shunaqa qovoqchalar sotilmoqda (yoki manga oldin uchramagandir, hech ko'rmagandim). Yaponskiy qovoq deb sotishyapti. Bu qovoqchalarning ta'mi nihoyatda shirinligi va hajmi kichikligi manga juda yoqadi. Hullas, shunaqa qovoqchalarni olamiz.

bosh tomonidan mana bunday qilib darcha ochamiz. Ichini urug'idan tozalaymiz.


pichoq yordamida qovoqning orqa tomonidagi etli joyini o'yamiz.


mana bunday ko'rinishga kelguncha:


go'sht, piyoz, dumba, pishgan guruch, tuz, murch, ziradan qiyma tayyorlaymiz.


qovoqchalarni shu qiyma bilan to'ldirib, qopqoqchalarini yopib manti qasqonga (yoki duhobkada pishirmoqchi bo'lsangiz listga) terib chiqamiz.


qolgan qiymani qovoq o'yilganda hosil bo'lgan qirindi bilan aralashtiramiz


va fol'gaga hosil bo'lgan qiymani solib, 


mana shu ko'rinishga keltiramiz.


manti qasqonda bo'lsa 50-60 daqiqada pishadi. Duhobkada bo'lsa, listga suv quyib oldin baland olovda 20-30 daqiqa, keyin o'rta olovda qovoq yumshaguncha pishirasiz. Suvi qolmasa, listga yana qaynagan suvdan quyib turasiz.
 

  Yoqili ishtaxa
Категория: Quyuq Taomlar | Просмотров: 1291 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]