Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1430
Статистика

Главная » 2012 » Yanvar » 13 » ПУЛ, МАНМАНЛИК, БАХТ, ЯҚИН ДУГОНА...ЖОРИЙ ЙИЛДА ЯККАХОН КОНЦЕРТ БЕРМАЁТГАН ЮЛДУЗНИНГ ҚАЛБИГА ҚУЛОҚ ТУТАМИЗ!
23:03
ПУЛ, МАНМАНЛИК, БАХТ, ЯҚИН ДУГОНА...ЖОРИЙ ЙИЛДА ЯККАХОН КОНЦЕРТ БЕРМАЁТГАН ЮЛДУЗНИНГ ҚАЛБИГА ҚУЛОҚ ТУТАМИЗ!


ПУЛ, МАНМАНЛИК, БАХТ, ЯҚИН ДУГОНА...ЖОРИЙ ЙИЛДА ЯККАХОН КОНЦЕРТ БЕРМАЁТГАН ЮЛДУЗНИНГ ҚАЛБИГА ҚУЛОҚ ТУТАМИЗ!

2011 yil hisobidan eng samarali ijod qilgan xonandalar qatoriga Rayhonni kiritsak, xato bo`lmaydi. Negaki, radio va telekanallar orqali tinimsiz yangrayotgan yangidan-yangi qo`shiqlari, rang-barang va noodatiy kliplarini hisobga olsak, 2011 yil xonandamiz uchun omadli keldi. Xo`sh, ijodiy ishlarini sarhisob qilgan xonandaning ko`ngli to`ldimi? Bu haqda uning o`zi nima deydi?

— Men uchun pul nega kerak? To`g`ri, pul moddiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun hammaga kerak. Ba`zi birovlar pulim ko`p bo`lsa edi, deb hatto orzu qiladi. Lekin men bu fikrdan yiroqman. Menga ko`p narsa kerak emas. Mening hayotda o`z maqsadim bor. Va, o`sha maqsadim yo`lida amalga oshirishim kerak bo`lgan ishlarim uchun pul kerak xolos. Masalan, men ham boshqalar kabi dabdabali mashinam, millionlarim bo`lishini xohlashim mumkin-ku, to`g`rimi? Lekin menga bu narsalar kerak emas. 

ADMINSTRATOR MEN ҲAQIMDA:

Fathiddin Musaev: 

— Rayhonning birinchi galda ishga chanqoqligi ma`qul. Kechqurun soat birmi-ikkimi, telefon qilsak, bas. Xo`p bo`ladi, deb zudlik bilan mashg`ulotlarga etib keladi. U ijodda juda mas`uliyatli. Ba`zi paytlarda kontsertdan so`ng, bir oz charchab qolamiz. O`shanda u — bo`ldi, bir oy hordiq chiqaraylik, desa bo`ladi-ku! Unga qo`shiq aytish bo`lsa, bas! Biron payt yo`qki, ijod haqida o`ylamagan, izlanmagan bo`lsa. Masalan, ko`p san`atkorlar injiq bo`lishadi, deb eshitganman. Lekin Rayhona unaqamas. Ish borasida injiq bo`lishi mumkin. Lekin bu menimcha yaxshi. Chunki ijod borasidagi talabchanlik ijodkorni muvaffaqiyat sari etaklaydi. 

SARҲISOB...

— (O`ylanib). juda ko`p ishladik. Yangi qo`shiqlar, tinimsiz kliplar suratga oldik. Bilasizmi, hatto meni radio boshlovchilikka taklif qilishdi. San`at maktabini ochdim. Ҳozirgi kunda san`at maktabidagi ish, yangi rejalar tuzayotganligim bois faoliyati to`xtab turibdi. "Yurak uradi”, "Sunbula” qo`shiqlarini yozdim. "Yurak uradi” qo`shig`imdagi bosh roldagi qizcha bizning san`at maktabiga qatnaydi. Yana yangi qo`shiqlardan "Axir” ni yozdik... 

UNING FIKRINI KIM O`ZGARTIRA OLADI? 

— O-ho, (jilmayib). Bunaqa paytlarda men ko`proq ichimdan o`tayotgan fikrga quloq solaman. Agar ijod jarayonida bo`ladigan bo`lsa, albatta, oranjirovkachidan boshlab, adminstratorgacha, muxlislar va yaqin insonlarimgacha fikrini eshitib ko`raman. Agar ular qo`shiq yoki klip borasida jo`yali fikr yoki g`oya taklif etishsa, so`zsiz, fikrimni o`zgartirishim mumkin. Ҳatto o`zim bir to`xtamga kelgan taqdirimda ham biror kishi fikr aytsa, albatta, o`z fikrimni o`zgartiraman. 

BUNDAJ INSONNING YoNIMDA JO`QLIGI YaXShI!

— Ko`pchilik muxlislarim shoir Yakzonning nega men bilan ishlamayotganligini so`rashyapti. Ochig`i, sababini o`zim ham bilmayman. Chunki, biz u bilan tortishib qolganimiz yo`q. U shunchaki yo`qolib qoldi va o`shanda bildim u bizni tark etganini. Bilasizmi, odamlarni o`zingizga juda yaqin tutish xavfli. Bunaqa qilish yaxshimas. Lekin mayli, nima ham derdim. Agar ishlari yaxshi bo`lsa, bemalol, unga faqat omad tilayman. Shunchaki, yaqin odaming kun kelib seni tashlab ketadigan bo`lsa... Bilmadim, bunaqa insonning menimcha yonimda, bo`lmagani ma`qul. Keyin men bir narsani juda yaxshi bilaman. Nima voqea yuz bersa ham hammasi yaxshilik uchun... 

DAVLAT TELEKANALLARIDA ChIQMAJDI...

— Nega endi? Davlat telekanallari orqali ham chiqib turaman-ku! Teledasturlarga taklif qilishadi. To`g`ri, davlat kanallari orqali qo`shiq kuylab chiqishim kamroq. Lekin xudo xohlasa, muxlislarimiz shunchalik talab qilishayotgan ekan, albatta, buni inobatga olamiz.

ALIShERDAN MINNATDORMAN...

— To`g`risi, bunday shov-shuv bo`lishini o`zim ham kutmagandim. Ҳar xil internet saytlari orqali Alisher Uzoqov bilan to`yimiz bo`lganligini tasdiqlovchi fotosuratlar tarqalib ketibdi. Albatta, muxlislarimiz uchun bu kutilmagan yangilik bo`lganligi tabiiy. Lekin shuni aytmoqchimanki, bu fotosuratlar mening navbatdagi "Nega endi” qo`shig`im uchun suratga olingan klip jarayonlari edi. Ana shunaqa! (jilmayib). Menga ham muxlislarimdan tinimsiz qo`ng`iroqlar bo`lib, — Siz Alisher Uzoqovga turmushga chiqdingizmi degan savollar yog`ilyapti. Ammo, ta`kidlaganimdek, bu shunchaki klipdan olingan fotosuratlar. "Nega endi” klipi voqealarda mening tasavvurimdagi va orzuimdagi romantik muhabbat ifoda etadi (jilmayib). Men orzu qilgan baxt klipimda aks etdi. Dugonalarimga va muxlislarimga ham xuddi shunday chiroyli muhabbatni tilayman. Menga klip voqealarini ijro etishda do`stim Alisher Uzoqov yaqindan yordam berdi. Bilasiz, s`yomka jarayonlari juda murakkab. O`sha kuni havo juda sovuq bo`lganligidan, men hattoki, suyaklarimgacha muzlab qoldim. Alisher esa bu noqulayliklar haqida noligani yo`q. Ҳatto bilasizmi, klipimga suratga tushganligi uchun unga gonarar taklif qilsam, u buni rad etdi. Gap pulda emas. Biz hammamiz san`atkormiz. Bir-birimizni ana shunday qo`llab-quvvatlashimiz kerak. Xullas, Alisher Uzoqovdan juda minnatdorman. Yana bir bor unga baxt tilayman. 

MANMANLIK...

— Manmanlik menga xos emas. Nega endi men o`zimni boshqalardan yuqori tutishim kerak? Xudo oldida hamma barobar. Men xalq xizmatidagi san`atkorman. Ҳatto aybsiz aybdor bo`lib qolgan paytlarimda ham, haqiqat uchun kurashib, birovning dilini og`ritib qo`yishdan qo`rqaman. Ayrimlar bu holatni tushunmay yulduzlik kasali bilan bog`lashi mumkin. Lekin haqiqat albatta, qaror topadi. Ko`p hollarda men kutgan biror natija ko`nglimdagidek yakunlanmasa, nimani yoki qaerda xato qildim-ki, menga hamma narsa qarshi bo`lyapti, deya o`ylanib qolaman... Lekin ko`pincha bu savolimga hech kim javob bermaydi (jilmayib). 

SOGDIANA YaQIN DUGONAM

— Sogdiana bilan yaqin dugonamiz. U bilan tez-tez ko`rishib turamiz. U O`zbekistonga kelsa, albatta, uyimda mehmon bґladi. U juda yaxshi qiz. Iste`dodli va mahoratli xonanda. Ko`pchilik uning nega "grammofon” olmaganligi haqidagi savol bilan menga murojaat qilishyapti. Lekin hammaga birdek javob beraman. Buning sababini bilmayman va bu savol men uchun emas! 

ORZU 

— Ҳar bir qizning o`z orzusi bґladi. Ayniqsa, Yangi yil kechasida nimani tilasa, ro`yobga chiqadi, deyishadi. Men har Yangi yil kechasida bir tilakni tilayman. Bu yil ham tiladim. Lekin haligacha amalga oshmadi (jilmayib, ko`zlari yoshlanadi)... Yangi 2012 yilda muxlislarimga esa baxt-saodat, samimiy va pok muhabbat tilayman.. 

14 FEVRAL KONTsERTLARI...

Bu haqda keyinroq...Bu boshqa mavzu... 
Моҳичеҳра ва Жасур (shov-shuv portali)
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 404 | Добавил: KAMOLIDDIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]