Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 4 » Pomidor do'lmali sho'rva
10:05
Pomidor do'lmali sho'rva
Pomidor do'lmali sho'rva



     Bu do'lma qovurilmasdan,bug'da pishirailadi.

Kerakli masalliqlar:

Do'lmasiga:
O'rtacha kattalikdagi pomidorlar.
Qiyma( ta'bingizga va ro'zg'oringizda boriga qarab)
piyoz
kartoshka
Biroz guruch
ta'bga ko'ra tuz va ziravorlar.

Sho'rvasiga:
Zaytun,sariyog' yoki biror tur o'simlik yog'i.(ozginagina)
Piyoz
1-2ta pomidor yoki tomat pastasi.


Ustiga:Biroz qaymoq

Tayyorlanishi:
Yuqoridagi masalliqlardan,keragicha,ta'bga qarab do'lmani ichiga qiyma tayyorlab olamiz.
Pomidorlarni esa orqa tomonini o'tkir pichoqda dumaloq kesib olamiz va ichini tozalab olamiz.(ichidan chiqqan massani saqlab qo'ying)
Bo'shagan pomidorlarni ichini qiyma bilan to'ldiramiz.
Keyin mantiqozonda yoki biror bug'da pishirishga moslangan idshda 45-50daqiqa pishirib olamiz.
Do'lmalarimiz pishguncha,sho'rvasini tayyorlab qo'yamiz.

Tovaga ozgina yog' solib,avval piyozni biroz aylantitib,orqasidan kubik to'g'ralgan pomidor yoki tomatni va pomidorni ichidan qolgan massani  solib,uni ham biroz qovurib olamiz.
Jazillatib rosa qovurib olsangiz ham bo'ladi,lekin men sal-pal aylantirib suvini quyaveraman.
Keyin piyozi pishguncha qaynatasiz.Tuzini rostlaysiz.

Tayyor do'lmani pomidorini po'sti ajralib qolgan bo'ladi,shuni sekin ajratib olib,idishga chiroyli qilib solasiz va ustidan sho'rvasidan quyasiz.Uni ustiga esa,ta'bga qarab qaymoqni sizdirib qo'yasiz.

Bu taom o'zi asli bormi-yo'qmi bilmayman.Balki boshqacharoq shaklda bo'lishi mumkin.Lekin men o'zimcha qilib ko'rgandim,oilamizdagilarga judayam yoqib qoldi.
Ayniqsa qaymoq qo'shilsa judayam mazali bo'larkan.
Men ko'pincha lettucedan ham qilaman.Karamdan ham qilsa shirin bo'lsa kerak.

      Lettuce(karam) do'lma sho'rvasi.




Yuqoridagi uslubda qilinadi,faqat karam yaproqlarini avval qaynab turgan suvda biroz qaynatib,yumshatib olinadi va o'sha yaproqlarga o'raladi.Istagingizga qarab katta-katta butun yaproqlarga o'rasangiz ham bo'ladi,yoki 2ga bo'lib,kichkina-kichkina qilsangiz ham bo'ladi.

Pomidorli va karamlini aralash qilsangiz  ham idishda chiroyli tursa kerak
. Smiley
Категория: Quyuq Taomlar | Просмотров: 1146 | Добавил: shirina | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]