Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 8 » Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.
00:46
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.
Kimda ong bor shul hitobni tinglasin,
Garchi yuzin turfa niqob to'sganlar.
Olloh yo'lin qayerdan ham anglasin,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Kashf etganin bilar kim Yupiterni,
Zardusht o'ylab topgan ming asotirni.
Yelka qisar bilmay Abu Bakrni,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Odillikda Pyotr I ni o'rnak der,
Ul tarixni yig'lab-yig'lar ko'mak der.
Umar haqida aytilganni ertak der,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Kimning qaysi shajaradan chiqishi,
Unga hushdir, bor erur qiziqishi,
Usmon bilan chaqqalik yo'qdir ishi,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Olloh uchun tavxid bir deb yig'lamas,
Eng haqiqat yo'li ko'ngli hoxlamas.
"Yo Ali" deb shak keldirar har nafas,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Otasiga bemehr-u, toshbag'ir.
Onasiga bergan joyi xujradir.
"Oysha" onam desang hayrat ichradir,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Qiyomatni ertak deb bong urgan ham,
Majlislarda Olloh yo'q deb yurgan ham,
Botil yo'lni qalbga oshno ko'rgan ham,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Ularga haq so'zni aytma, bo'lmas naf,
Baribir istab ketar boshqa taraf.
Ko'ngling buzar dinga qarshi tortib saf,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Tinglama bas, yolg'onga g'arq so'zini,
Istama eng so'ngi dam ham yuzini.
Mushkul erur tanishi ham o'zini,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Orzulari bir kul yeldir, tutundir,
Istaklari bir tomoqqa yutumdir.
Qiyomatda jahannamga o'tindir,
Payg'ambarin tanimayin o'sganlar.

Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 709 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]