Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 21 » "PATIR NON"
01:27
"PATIR NON"


                       "PATIR NON"

Masalliq: 1 kg oq un, 1 stakan iliq sut, 40 gr xamirturush, 150 gr eritilgan qo'y yog'i yoki sariyog', 2 choy qoshig'ida tuz, yuziga sepish uchun   1 choy qoshigida sedana kerak.

Iliq sutda xamirturush va tuzni eritib, dog'lab sovutilgan qo'y yog'i yoki sariyog' qo'shib yaxshilab aralashtirasiz. So'ngra oz – ozdan un solib qattiq xamir qorasiz, uzoq muddat mushtlab pishitganingizdan so'ng o'rab issiqroq joyda oshguncha qoldirasiz. Ko'pincha xamirdan 500 grammli bo'laklar uzib olib, zuvalalar yasaladi. Har bir zuvalani taxta ustiga qo'yib bir yonidan chap qo'l bilan o'zingizga qaratib burab aylantirib, o'ng qo'lda qirg'og'ini pichoq bilan tilib kungura solasiz, tepasini ham kesishma chiziqli qilib tilib chiqasiz. Ana shunday tayorlangan zuvalalarning tepasidan musht bilan ezib, so'ng barmoqlarni chaqqon ishlatib lagan kattaligida non yasaysiz. Nonning chetlari 3 – 4 sm qalinlikda, o'rtasi esa 1 sm keladigan bo'lsin. O'rtasiga juda zich qilib chikich urasiz va yuziga sedana sepasiz. Hamma zuvalalardan patir yasab bo'lgach, yuziga dasturxon yopib 15 – 20 minut tindirib qo'yasiz. Shu muddat ichida tandirga o't qo'yib qizigach, cho'g'ni o'rtaga to'plab, ustiga kul tortasiz, tandir devorlariga va patirning teskari tomoniga xiyol namakob surtib, chaqqonlik bilan yopishtirasiz. Patir tandirda obi nonga qaraganda uzoqroq ushlanadi.
Yopilgan nonning sirti bir oz qotganda bug' hosil bo'lishi uchun suv sevalaysiz va cho'g'ning yuzini ochasiz, ba'zan tandirning qopqog'ini bir oz muddat berkitib dimlanadi. Pishganligi sirti qizarganidan aniqlanadi. Tandirdan uzib olgach, issig'ida yuziga bir bo'lak eritilmagan dumba yog'i surtsangiz chiroyli chiqadi.
Категория: Shirinliklar | Просмотров: 1192 | Добавил: shirina | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 4
0  
3 Princess   (13.02.2011 14:11) [Izoh]
rahmat! non qilishni bilmas edim endi sizlarni yordamilar bilan bilib oldim !

0  
4 shirina   (16.05.2011 12:55) [Izoh]
Malikam yordami tekanidan juda ham hursandman

0  
2 Angeloza   (21.01.2011 12:46) [Izoh]
voy Uzbni nonlarini rossa sogindim sad

0  
1 shirina   (21.01.2011 01:28) [Izoh]
Non ham non uqog'i ham non smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]