Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 8 » ONAJON…
01:05
ONAJON…
beshigimni quchoqlab yotgan
shirin-shirin allalar aytgan
sabo yanglig o’pib uygotgan
onajonim, sizga to’ymadim

siz ketdingiz, manzil- lomakon
hamma ketar, ketar begumon
ammo qoldi dilda bir armon:
onajonim, sizga to’ymadim

yo’lingizda ko’zlarim qoldi
aytilmagan so’zlarim qoldi
ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi
onajonim, sizga to’ymadim

der edingiz: “ona qo’rgoshin
erib ketar ko’rsa ko’z yoshing”
toshdan bo'lsin derdingiz boshing
onajonim, sizga to’ymadim

orzulagan kunlariz keldi
siz aytgan ul qut fayz keldi
lek tilim lol dil ma'yus keldi
onajonim, sizga toymadim

yashayapman yahshi yo yomon
boshga tushsa ko’narkan inson
mehringizga tashna bo'ldi jon
onajonim, sizga to’ymadim

umid birlan yashaydi banda
ex, ochilib bu sirli parda
ko’rishtirsin endi mahsharda
onajonim, sizga to’ymadim

Tunda yozibman kimgadur she`rlar
Kimgadur o`zimni bag`ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O`shanda unutdim sizni onajon.

Do`stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni har vaqt do`stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Do`st sirini olamga yoyib ham bo`ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo`ldi
Nahotki quvonib yi`glagan chog`da
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Yuz o`girdi hatto o`z Do`stim
Va`dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg`iz boshginamda yig`ladi onam.

Ko`zimni ochib qarasam shu choq
Yig`lab turar munis bir inson
Ko`zlaridan tutib so`rayman
Gunohkor o`g`lingni kechir ONAJON…

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 555 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]