Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 17 » O’zbekistonda jamoat joylarida chekish taqiqlanadi!
03:33
O’zbekistonda jamoat joylarida chekish taqiqlanadi!




Xabarda yozilishicha, dekabrning oxirgi kunlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining "Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste'mol qilishni cheklash to'g'risida"gi qonun loyihasi muhokama qilingan. Ushbu hujjat fuqarolarning, ayniqsa 20 yoshga yetmagan shaxslarning sog'lig'iga ko'rsatiladigan zararli ta'sirni kamaytirish maqsadida tamaki chekishni va tarkibida alkogol bo'lgan ichimliklarni iste'mol qilishni cheklashga yo'naltirilgan.




Yangi qonunga ko'ra tamakini chekish uchun mo'ljallangan joylardan tashqarida, ya'ni ta'lim va tarbiya maskanlarida, bolalar, yoshlar hordiq chiqaradigan joylarda, barcha turdagi jamoat transporti va bekatlarida, tibbiy muassasalarda, savdo ob'ektlarida, kinoteatrlarda, tsirkda, kontsert, namoyish va ko'rgazma zallarida, sport inshootlarida, muzeylarda, lektoriylarda, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda boshqa ommaviy dam olish joylarida, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining binolarida chekish taqiqlanadi.



Yana bir yangilik - qonunga alkogol va tamaki mahsulotlarini yigirma yoshga to'lmagan shaxslarga sotish takiklanadigan norma ham kiritiladi. Sotuvchi ushbu mahsulotlarni sotayotganida yosh xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi, yosh agar xaridorning yonida hujjati bo'lmasa, uni rad etishi shart bo'ladi.







Ma'lum bo'lishicha, hali 20 yoshga to'lmagan shaxslarning alkogol bilan tamakiga o'rganishi ularda ushbu zararli mahsulotlarga ruju qo'yish darajasini juda oshirar ekan. Buning oqibatida esa, nafaqat shu shaxsning jismoniy salomatligiga, balki oila va jamiyat sog'lig'iga katta putur yetishi hech kimga sir emas. Bundan tashqari, bu yoshda tamaki va alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish organizmning reproduktiv funksiyasiga ham salbiy ta'sir qiladi.

Bundan tashqari, alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ularning etiketkalariga (etiketkaning 40% dan kam bo'lmagan joyiga) tibbiy ogohlantiruvni yozishlari shart qilib qo'yiladi.







P.S: Tamaki tutunini jinim suymaydi. Lekin nuqul yo'lda ketayotsam, oldimda albatta kimdir chekib ketayotgan bo'ladi yoki biror joyda o'tirsam yonimga albatta chekuvchi kelib o'tirib, burqsita boshlaydi. O'zimni qanchalik olib qochmay (zakon podlosti), tabiiyki, sigaretaning tutuni doim man tomonga keladi. Shu bois hatto turmush o'rtog'imni ham bu zararli odatni tashlashga majbur qilgandim. Ikki yil chekmasdan yurdi, ammo, afsuski, o'tgan yil eski bir o'rtog'ini uchratib qolib, unga qo'shilib yana chekish odatini boshladi. Hozir asta-sekin tashlamoqchi bo'lyapti, balki bu qonun unga bu borada yordam berar...



Категория: News/Новости | Просмотров: 1110 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
0  
3 shirina   (17.01.2011 21:26) [Izoh]
HA YAXSHI BO'LARDI AMERIKADA SHUNAQA UYDA CHEKISH UMUMAN MUMKIN MAS

0  
2 Angeloza   (17.01.2011 16:25) [Izoh]
Umuman xamma joyda daje uyda xam taqiqlansa zor bolar edi

0  
1 shirina   (17.01.2011 03:41) [Izoh]
JUDA YAXSHI BOPYIDA

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]