Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 15 » O'QIMISHLI,POKIZA,HAMMAGA YOQADIGAN KELIN BO'LISH SIRLARI
23:29
O'QIMISHLI,POKIZA,HAMMAGA YOQADIGAN KELIN BO'LISH SIRLARI


O'qimishli, pokiza, pazanda, hammaga yoqqan kelin bo'lish sirlari Oiladagi saranjom-sarishtalik yoki uy tutish qoidalari. Dunyoda hech bir xalqda,oilada kelin mavqeiga Sharq xalqlari, xususan o'zbeklarchalik katta o'rin berilmaydi. O'zbeklarda turmushga chiqqan qiz borki, u kelinlikning nozik davrini albatta boshidan kechiradi. Necha-necha asrlardan beri oila bor. Lekin kelinlikning muayyan bir nomasi yo'q. Наг bir kelin o'z peshonasiga bitilgan baxtni ushlab qolishi kerak.
Saranjom-sarishtalik va oila iqtisodiyotini to'g'ri yuritmasdan oila farovonligini tasavvur etib bo'lmaydi. Xoh qishloq sharoitida, xoh shaharda bo'lsin, o'zbek xonadonlarida ertalabdan hayot qaynaydi. Tong saharda uyqudan turadilar. Yotgan o'rin-to'shak yig'iladi, yuvinib hovliga suv sepib, supurib-sidiriladi. Ertalabki ro'zg'or ishlari tugagach, nonushtaga o'tiriladi. Xonadon sohiblarining qandayligini ostonadan bilish mumkin, shuning uchun doimo darvoza oldi supuriladi.Hovlidagi tartibsizlik, ekinlarning rejasiz ekilishi, qarovsiz, parvarishsiz, daraxtlar shu hovliga kirgan kishining dilini xira qiladi.Musulmon xalqiga mansub har bir oilada mehmonlar uchun alohida mehmonxona, bolalar, ota-onalar uchun alohida yotoqxonalar, dam olib suhbatlashadigan umumiy xona, oshxona va qo'shimcha xonalar bo'ladi.
Uy tutish qoidalari. Yotoqxona uchun shinam, shovqin-surondan holi, bahavo xona ajratiladi. Yotoqxonada ko'rpalar, ko'rpachalar alohida, sandiq va quti ustiga did bilan yig'ib, oq choyshablarga o'rab qo'yiladi. Ota-ona uchun alohida, o'g'il bolalar va qiz bolalar uchun alohida-alohida yotoqxonalar bo'lishi lozim. U yerda shkaf bo'lishi zarur. Наг bir kishiga yuvib almashtirish uchun ikkitadan choyshab va yostiq g'iloflari bo'lishi kerak. Yotoqxona ortiqcha narsalar, devorlarga osilgan gilamlar, televizor, muzlatgich kabilar bilan to'ldirilmaydi, deraza tokchasiga gul qo'yiladi.
Deraza pardalari vaqti-vaqti bilan yuvib dazmollanadi. Ba'zi xonadonlarda "Hech kim kirmaydi-ku" deb o'rin yig'ilmay, kiyim-kechak palapartish tashlab ketilaveradi. Afsuski, bunday bekalar kelgusi hayotda ularning qiz-o'g'illari xuddi shunday andoza olishlari yoki o'zlari bilan biror kishi kirib kelsa noqulay vaziyatda qolishlarini o'ylamaydilar.

Mehmonxona — toza va ozoda bo'lishi kerak. Mehmonxona sharqona bezatsa, xontaxta atrofiga ko'rpachalar to'shaladi, yevropacha usulda esa stol va stullar qo'yiladi. Mehmon kuzatilgach, eshik-derazalar ochilib, havosi tozalanadi, idishlar yuvilib, dasturxon, sochiqlar yuvib dazmollanib qo'yiladi. Ba'zi mehmonxonalarga kirsangiz, kerakli-keraksiz uy anjomlari va devorda qo'sha-qo'sha gilamlar taxlab tashlangan. Billur chinnilar, qimmatbaho mebellar, xona devorlariga didsiz chizilgan har xil bachkana rasmlar kishining dilini xiralashtiradi. Buyumlar diqqat-e'tiborni tortib, fikrni chalg'itadi.

Oshxona: o'zbek xalqida xonadonga sovchi yoki mehmon kelsa, avvalo oshxonaga e'tibor beradi. Oshxona yorug', shinam, shamollatish oson va qo'shni xonalarga yaqin bo'lishi lozim. Oshxona kuniga bir marta tozalanib, yuvib, shamollatib turiladi. U yerda sabzavot va meva po'choqlari uchun va suyak, ovqat qoldiqlari uchun alohida chelak bo'¬lishi lozim, idishlar yuvilgach, qaynoq suvda chayiladi. Sanchqi va qoshiqlar artiladi. Sovitgichda esa sariyog', go'sht, sut, taomlar, ho'l mevalar og'zi yopiq holda saqlanadi.

Maslahatlar: farosatli bo'ling, singan, cheti uchgan idishlarda choy yoki taom keltirmang, hovlini supurish, kir yuvish kabi ishlarni ertalab yoki uyda odam kam paytda bajaring.
"Mehmonga xizmat ko'rsatish, mehmonga borganda e'zoz ko'rish ham bu dunyoning ziynatidir"

2. O'zini tutish madaniyati — salomlashish odobi. Muomala madaniyati: Salomlashish, so'rashish, ko'rishish — insonga xos bo'lgan ajoyib fazilat, odamiylikning ko'rki, asrlar davomida tarkib topgan va axloqiy qiyofalardagi normalarni ifodalaydigan belgi hisoblanadi.
Qo'l berib so'rashish tarixi ibtidoiy urug'chilik davrida kelib chiqqanligini etnograf, arxiolog olimlar bunday talqin qilishdi. Ibtidoiy odamlar bir-birlariga duch kelganlarida: "Men seni o'ldirmoqchi emasman, mana qara, qo'limda toshim yo'q" deganday bir-birining qo'lini ushlab qo'yisharkan. Qo'l qisib salomlashish o'shandan meros bo'lib, dunyodagi barcha xalqlarga xos odat tusiga aylanib ketgan. Bundan tashqari, turli xalqlarning o'ziga xos urf-odati, turlicha sharoiti va taraqqiyoti zaminida salomlashishning yana boshqacha shakllari ham tarkib topgan.
Masala:Yevropa xalqlari salomlashganda bosh kiyimlarini yechib-kiyib qo'yishadi. Buning ma'nosi: "Men senga do'st bo'laman, boshimga to'qmoq bilan urmassan", deganidir.
Hindistonliklarda kaftlarini juftlab, peshonasining o'rtasiga tegizib, "Namaste!" so'zini aytishadi. Buning ma'no¬si: "Bosh omon bo'lsa, hamisha siz bilan birga bo'lamiz", deganidir.
Afg'onistonda esa o'ng qo'lini manglayiga tegizib, ta'zim bajo keltirishadi, bu ham "boshimiz omon bo'lsin" deb istak bildirishidir.
Xitoyda salomlashish "chi-fan-la-lya-ma!" xitobini aytishdan boshlanadi. Ma'nosi: "Sen bugun ovqatlandingmi, qorni to'qmi?" deganidir. Ma'lumki, Xitoy tarixining hamma davrlarida ham aholisining ko'pligi bilan mashhur bo'lgan. Xitoyda qonn to'ydirish doimo muammo bo'lib kelgan, shu sababli hayvonotu o'simlikning barcha turlaridan taom tayyorlash uslublari kelib chiqqan. Qonn och-to'qligini so'rash salomlashishning bir shakli sifatida kelib chiqishning boisi ham shunda.
Tibetliklar salomlashganda bir-biriga qarab tillarini chiqarib iljayishar ekan. Chunki Tibetda kishiga qarab tilini chiqarish o'ziga xos nazokat, ziynat deb tushunilgandan shunday salomlashish urf bo'lgan ekan.
Kelin bo'lish odobi: Biz o'zbeklarning turmush tarzimizda ajoyib udum - kelin bo'lish odobi bor. Bu odob — yangi xonadonda hamisha samimiy va halol bo'lish, rostgo'ylik va o'zini tuta bilish, so'zlashish va muosharat, kuyov xonadonidagi oila a'zolari bilan til topishib ketish, hurmatini qozonish, kamtarlik, saranjom-sarishtalik kabilar.
Momolar, yangalar o'giti "...Kelin bo'ldingiz, umr yo'ldoshingizni jon dildan seving, unga vafodor va sadoqatli bo'ling, kelin bo'lib kelgan kuningizdanoq yangi oilangizni hamma yumushiga aqlingiz, kuchingiz yetganicha qarashing, mehnatda pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli bo'lasiz.
Bilmaganlaringizni o'rganishga intilishingiz ham sizga nisbatan mehr uyg'otadi. Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo'ying".
Наг tongda va ko'chadan kelganda salom bering. Muomalangiz har qanday sharoitda ham muloyim va e'tiborli bo'lsin, tabassum va mayinlik bilan gapiring. Hamma gapga ham aralashavermang. Keksalar oldida bolalarni urushmang, kattalar sizni o'ziniki deb biror gap yoki maslahat aytganda, sizga yoqmasa ham burulmang, qosh qovog'ingizni tushurmang.
Hech ham eringizga tik boqmang, zarda qilmang, bo'lar-bo'lmasga gap talashavermang, uni pastga urmang, kamsuqum va mehribon bo'ling, shunday qilingki, umr yo'ldoshingiz sizdan bezib ko'chaga qochmasin.
Xalqimizda "Chiqqan qiz — chig'iriqdan tashqari" degan ibora bor. Oila qurdingizmi, demak shu xonadon sizning uyingiz. Huda-behudaga qizlik uyingizga boravermang, gap tashimang, qo'ni-qo'shniga, qarindosh-urug'ga, dugonalaringizga oilangiz, ro'zg'oringiz, munosabatlaringiz va hokazolar haqida hamma narsani gapirmang, siringizni sirtga chiqarmang.
Qo'ni-qo'shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra, aql-farosat bilan muomala qiling...
Salomlashish odobi: ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila a'zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so'zni aytish bilan boshlash joiz.
Assalomu-alaykum, arabcha so'z bo'lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so'z to'liq aytilishi kerak.
"Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so'zlar ishlatilmasligi kerak.
3. Kiyinish madaniyati. Yaxshi kiyinish ham o'ziga xos san'at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo'ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma'lum sharoitga munosib, kishining mashg'uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo'lishi mumkin.
Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta'biga, didiga mos kiyinish odatining ma'¬lum vaqtgacha urf bo'lishi tushuniladi. Moda liboslarning o'zgarishigina bo'lib qolmay, o'ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo'lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. Ko'pgina mutaxassislar moda XIV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do'ppi, ro'mol, oyoq kiyimi mahsi, kavush, ich kiyim-ko'ylak, ust kiyim- kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo'lgan.
Respublikamiz iqlimi issiq bo'lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - ko'krak burma va pasti yaxlit bichimli "o'zbekcha" ko'ylak hisoblana¬di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko'krak burma ko'ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o'zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.
Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o'zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o'tib ketsa ham, bu matolardan o'z davriga moslab yarashtirib, xoh o'zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jumalidagi modellarning har biri to'g'ri kelishi mumkin. To'ladan kel¬gan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo'lib tushgan ko'ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg'in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko'ylaklar kiymasliklari kerak. Bo'yni uzun ayollar ko'proq yelkalik ko'ylak kiyganlari ma'qul. Bo'yni kalta ayollarga tik yoqali va bo'yin atrofidan o'yilgan ko'ylaklar yarashmaydi.
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo'lishi kerak. Ayollar ko'pincha kiyimlar rangini o'zlarining ko'z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo'l-yo'l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi.
Bo'ylamasiga yo'l bo'lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo'y-bastini uzaytirib ko'rsatadi, ularni to'ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg'in va baland bo'yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma'qul, ko'ndalang, yo'1-yo'l ko'ylaklar qaddi-qomatni to'laroq ko'rsatadi.
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o'ziga xos ahamiyatga ega. To'q va qora ranglar jussaning to'laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to'laroq ko'r¬satadi. Yashil, binafsha, ko'k rang qaddi-qomatni rostlab ko'rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to'la qilib ko'rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo'lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko'ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo'lishi, ayniqsa ko'ylak-kostyumlar kiyish ko'pdan urf bo'lib keladi.
Orastasiz — farishtasiz: ozodalik, orastalik, pokizalikni bir umr o'zingizga hamroh qilsangiz, ishoning, vaqti kelib Farishtalik kelin ekan deganlarini eshitasiz, bu fazilatlar insonga o'ziga ishonch va ruhiy muvozanat baxsh etadi.
Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangizu, birinchi tabassumingizda tishingizni sarig'i ko'rinsa, kishilarning siz haqingizda fikri o'zgaradi. Eng so'nggi moda bilan kiyinsangizu, sochlaringiz to'zib yotgan bo'lsa, hech qachon sizni orasta deyishmaydi.
Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar kir badanni yashira olmaydi. Xuddi shunga o'xshab yuvilmagan yuzingizga qancha oro berib, ustalik bilan qancha pardoz qilmang, teringizning tozamasligi bilinib turadi.
Kelinlik liboslari. Kelinning odobi, uning o'zligi, borligini namoyon etadigan tomonlardan biri, uning garderobi, ya'ni kiyinishidir. Qizlik paytingizda uch-to'rt ko'ylakni yuvib dazmollab o'qishga, ishga kiyasizu, keyin birdaniga ikki yoqdan bir necha o'n sidra sarpolik bo'lib qolasiz. Borini bordek ko'rsatish, kamini yashirib, sevinib yurish sizning qo'lingizda. Ko'pni ko'rgan qaynonangizni yoki qaynsinglingizni yordamga chaqirsangiz ham bo'ladi. Birinchi navbatda ikki tomon sarpolarini qishligini-qishlikka, yozligini-yozlikka ajratiladi. Keyin kiyimlar yana qishligi-qishlikka, uyligi-uylikka ajratiladi. O'z navbatida, ular yana sarxillanadi, masalan: kishiliklar ichidan atoqlik mehmonga kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to'y-xashamlar) shifoneringizning to'riga chiroyli qilib ilib qo'ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra saralanadi.
Masalan: mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga qarab ertalab, peshinda, kechqun kiyiladigan¬lari, bayram—hayitlarda kiyiladiganlari, ajratiladi. Ayrimlar kelinlar doimo yasanib yurishlari kerak, tez-tez kiyim almashtirish kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to'kib kir tog'orada chiritadi. Ertalab hovli supurganda uy yig'ishtirganda sun'iy matodan to'qilgan ko'ylak lozim kiygan ma'qul.
Yuvganda aynimaydi. Nonushtani tayyorlab bo'lgach tezda boshqa libosingizni kiyib chiqing. Choydan so'ng ish yoki o'qishga ketasiz bunday joylarga yaltirog'i yo'q kiyimlaringizni kiying.
Kelinman deb bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi kiyimlaringizni alohida tortmaga taxlab qo'ying. Yana bir nozik masala ayrim kelinlarning xonasi egasi ko'chib ketgan uyga o'xshaydi.
Hamma joyda kiyim, lozim, ko'ylak, xalat. Divanda er kiyimi, stulda xalat, krovatda ro'mol-u ko'ylak. Nima turlanish kerak ekan deb kiyimni duch kelgan yerga uloqtirib, boshqasini kiyib ketaverish kerakmi?
Zeb-ziynatning, taqinchoqning o'ziga yarasha ma'naviy yuki, o'ziga yarasha ma'naviy qadriyati, tarbiyaviy ahamiyati bor. Taqinchoqlar xilini xiliga, rangini rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar balki uncha qimmat ham bo'lmas ularning bezagi kiygan libos bilan uyg'unlashib, go'zal ansambl tashkil etadi. Deylik qulog'ingizda yoqut ko'zli zirak, qo'lingizda fionet ko'zli nikoh uzugi, yoniga feruza ko'zli uzukni taqib oldingiz, oq choynakka ko'k qopqoq yarashmagani misol, bu ishingiz ko'zga yaqqol tashlanadi. Did bilan kiyining. "Kelinlarning yal-yal yonib, xonadonni to'ldirib yurishi, bu dunyoning ziynatidir".
Kir yuvish ham bir san'at: uni idrok bilan, o'quv bilan o'rgangan kelin orasta nomini olishi turgan gap.
Sochiqni ko'ylak-shimlarga, bolaning egnini kattalar kiyimiga aralashtirmaydi. Menga qolsa, avvalo kir to'playdigan odatni tashlash kerak.
Almashtirishga kiyim ham, o'rinbosh anjomlari ham, sochiqlar ham, yetarliku deb tushgan kirni tog'oraga bosib, unniqtirib, mog'or bostirib oyda ikki marta kir yuvishga odatlanmaslik kerak. 15 kun tog'arada yotgan kirning ham egasiga zarda qilgandek, yuvilishi, toza bo'lishi ancha qiyin.
Pesh tushgan kirni pesh yuvib, dazmollab, joyiga qo'ysangiz o'zingizning dilingiz ravshan tortadi. Bordi-yu biron sabab bo'lib, kiringiz yig'ilib, yuvilmay qolsa, bir boshdan ularni sarxillab oling. Dasturxonlarni alohida ajratib olib, ularni birinchi navbatda yuving. Keyingi navbatda kir mashinaga g'iloflarni, choyshablarni soling. Erkaklarning oq ko'ylaklarini mashinada yuvmaganingiz ma'qul. Chunki aksariyat ularning yoqalari va yeng uchlari kir bo'ladi. Bunday ko'ylaklarni tog'araga ozgina poroshok sepib, o'n-o'n besh daqiqa ivitib qo'ying. Keyin yoqa va yenglarini tozalab ishqab, hammasini bir-ikki mijig'lab olsangiz, top-toza bo'ladi. Esingizda bo'lsin yuz-qo'l artadigan sochiqlarni alohida yuvganingiz ma'qul.
Mashina aylanganda ulardan mayda oq iplar-tolachalar ajralib chiqadi, suvim hali tozaku deb, sochiqlardan keyin solgan narsa toza bo'ladi-yu, lekin boyagi ajralgan oq tolachalar'ularga ilashib sizga ish ko'payadi, kir yuvish jarayonida kirlarning rangiga qarab ajratib olsangiz birining rangi biriga o'tib tuzatib bo'lmas xatoga yo'l qo'ymaysiz. Shu tariqa biridan biriga o'tgan rangni ketkazish amri mahol. Kattalar, kir yuvishda eng muhimi uni toza chayish deyishadi. Shuningdek, yuvgan kiringizni qayta-qayta chayib yuvishga suv o'tishi qiyin bo'lgan yerlarini ishqalab ag'darib odatlaning. Sovun hidi sezilmasin.
Dog'lani ketkazish. Kiyimga yog' tomgan bo'lsa, dog' ustiga doka yoki qog'oz qo'yib, ustidan qizigan dazmol yengilgina yurgizilsa, dog' ketadi. Agar bir martada ketmasa, ikki-uch marta qaytarish lozim. Benzin bir parcha bo'zga shimdirilib, yog' tekkan joyga surtilsa ham yog' ketadi.
Qora moy dog'lari. Bu dog'larning matoga singmagan yuqon qismi qinb tashlanib, qolganiga sariyog' yoki paxta yog'i surtiladi, shundan so'ng sovun ila yuvilgach, oson ketadi.
Siyoh yoki zang dog'larni ho'llab ustiga kislota tuzi sepiladi va qaynoq suv bug'iga tutib turiladi, dog' ketadi, ketmasa o'sha yer suv bilan yaxshilab yuviladi. Meva dog'lari: dog' tekkan yerni ho'llab bir idishda ozgina oltin-gugurt yondirilib, tutuniga dog'li joy tutiladi, dog' ketar-ketmas o'sha joy ko'p suv bilan yuviladi. Bundan tashqari xlorli eritmaga kirlarning dog'li yerlarini sochib, so'ngra 6 minutdan so'ng mo'l suv bilan yuvish lozim.
Sirka, limon suvi kabilarning dog'lari ular mato tusini o'zgartirib yuboradi, uni sovunli suv bilan yuviladi yoki ko'proq suv qo'shilgan nashatir spirti bilan tozalanadi.
Dasturxon tuzash. O'zbekcha dasturxon tuzashning o'ziga xosligi shundaki, mehmonlarga mo'ljallangan ovqatlarning (issiq ovqatlardan tashqari) barchasi dasturxonga qo'yilgan bo'ladi. Stolning o'rta qismiga qator qilib laganda yaxna ovqatlar, nonlar, likoplarda shirinliklar, quruq mevalar joylashtiriladi. Mevalar vazalarga assorti qilib tuzaladi va dasturxon o'rtasiga qator qilib oralig'i bir xil masоfada joylashtiriladi.
Dasturxonga qo'yilgan har bir ovqat shunday joylashtirilsinki, mehmonlar o'rinlaridan qo'zg'almasidan bemalol oladigan bo'lsin. Suyuq ovqatlar kosalarda tortiladi. Ziyofat tugashiga 1 soat qolganida quyuq ovqatlar laganlarda yoki har bir mehmon uchun alohida idishlarda tort[siladi.
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 6746 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 2.8/8
Всего комментариев: 5
0  
5 Angeloza   (16.01.2011 01:28) [Izoh]
smile smile smile

0  
4 Angeloza   (16.01.2011 01:27) [Izoh]
Raxmat

0  
3 akbarchik   (16.01.2011 00:40) [Izoh]
yana kim joylabti
wink

0  
2 Milasha   (15.01.2011 23:48) [Izoh]
RAHMAT Judayam yahsHI MAVZU TANLABSILA LEKIN IKTA BUB QOBTIKU

0  
1 shirina   (15.01.2011 23:43) [Izoh]
RAXMAT OPAJON MASLAHATLARIZ UCHUN

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]