Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 19 » NAMOZ O‘QISH TARTIBI
02:50
NAMOZ O‘QISH TARTIBI


NAMOZ O‘QISH TARTIBI

NAMOZ O‘QISH TARTIBI

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir.

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o‘qiladi:

1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qishni niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi.

2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo‘llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi. Ayollar qo‘llarini yelka barobarida ko‘taradilar.

 

 

3. Qo‘llar bog‘lanadi. Erkaklar o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l ustiga qo‘yishadi. O‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini ushlashadi.
Ayollar o‘ng qo‘lni chap qo‘l us-tida tutib, qo‘llarini ko‘krakka qo‘yadilar. Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar o‘qiladi.

SANO DUOSI

Subh`anakall`ouhumma va bihamdika va tab`arokasmuka va ta`a’la jadduka va l`a il`aha g‘oyruk.
Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir».

FOTIHA SURASI

A’`uzu bill`ahi minash shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Al hamdulill`ahi robbil ‘`alam`iyn. Ar-rohm`anir roh`iym. M`aliki yavmidd`iyn. Iyy`aka na’budu va iyy`aka nasta’`iyn. Ihdinas sir`otol mustaq`iym. Sir`otollaz`iyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘z`ubi ‘alayhim valazz``oll`iyn.

"Fotiha” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Fotiha” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing

Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlarning (payg‘ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo‘lidir, g‘azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!
Fotiha surasidan so‘ng bir zam (qo‘shimcha) sura o‘qiladi.
Yangi o‘rganuvchilar quyidagi kichik suralardan birini zam qilishsa bo‘ladi:

KAVSAR SURASI

Inn`a a’toyn`akal-kavsar. Fa solli lirobbika vanhar. Inna sh`ania’ka huval abtar.

"Kavsar” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Kavsar” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing

Mazmuni: «(Ey Muhammad,) darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling! Albatta, g‘animingizning o‘zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar — jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va suvdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi.)

IXLOS SURASI

Qul huvall`ohu ahad. All`ohus-somad. Lam yal`id. Va lam `yuvlad va lam yakullah`u kufuvan ahad.

"Ixlos” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Ixlos” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing

Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug‘magan va tug‘ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng biror zot yo‘qdir».

FALAQ SURASI

Qul a’`uzu birobbil falaq. Min sharri m`a xolaq. Va min sharri g‘`osiqin iz`a vaqob. Va min sharrin-naff`as`ati fil ‘uqod. Va min sharri h`asidin iz`a hasad.

"Falaq” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Falaq” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga yaratgan narsasi yovuzligidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».

AN-NOS SURASI

Qul a’`uzu birrobin-n`asi malikin-n`asi il`ahin-n`asi min sharril vasv`asil xonn`as. Allaz`iy yuvasvisu f`iy sud`urin-n`asi minal jinnati van-n`as.

"An-Nos” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"An-Nos” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar va odamlardandir”».

4. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar.
Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar. 
Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.

5. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad ko‘tariladi, bu holat «qavma» deyiladi.
Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg‘iz Sengadir), deyiladi.

6. «Allohu akbar» deb avvalo tizzalar, ke-yin qo‘llar, so‘ng peshona va burun yerga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qi-linayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari yerga tegmaydi. Ayollar tirsaklarini yerga qo‘yadilar. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la» (Ey ulug‘ Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan), deyiladi.

7. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh ko‘tariladi va tiz cho‘kkan holda bir oz o‘tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim.

Erkaklar chap oyoqlari ustiga o‘tiradilar. O‘ng oyoq panjalari qiblaga qaratiladi. Ayollar oyoqlarini o‘ng tarafdan chiqarib o‘tiradilar.

8. «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi. Shu bilan birinchi rakat tugaydi.

9. «Allohu akbar», deb qiyomga (tikka) turiladi.

10. Qiyomda «Bismillahir rohmanir rohiym»dan boshlab, Fotiha surasi, orqasidan bir zam sura o‘qiladi.

11. «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi.

12. «Sami’allohu liman hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbana lakal hamd», deyiladi.

13. «Allohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.

14. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tariladi va bir oz o‘tiriladi.

15. «Allohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.

16. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tarilib qa’dada o‘tiriladi va quyidagilar o‘qiladi:

«ATTAHIYYAT» DUOSI

Attahiyy`atu lill`ahi vas-solav`atu vattoyyib`at. Assal`amu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatull`ohi va barok`atuh. Assal`amu ‘alayn`a va ‘al`a ib`adillahis-s`olih`iyn. Ashhadu all`a il`aha illall`ohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduh`u va ros`uluh.
Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo‘lsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bo‘lsin. Iqrormanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.

SALOVOT

All`ohumma solli ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a sollayta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.
All`ohumma b`arik ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a b`arokta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.

Mazmuni: Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.
Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.

DUO

Robban`a `atin`a fid-duny`a hasanatav-va fil `axiroti hasanatav-va qin`a az`aban-n`ar.
Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin».

17. Avval o‘ng, keyin chap yelkaga qarab: «Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb salom berilib namozdan chiqiladi.

 

Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o‘qiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:

Allohu akbar, Allohu akbar,
Allohu akbar, Allohu akbar.
Ashhadu alla ilaha illalloh,
Ashhadu alla ilaha illalloh.
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh,
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh.
Hayya ‘alas-solah, hayya’alas-solah,
Hayya ‘alal-falah, hayya’alal-falah.
Qod qomatis-solah, qod qomatis-solah 
Allohu akbar, Allohu akbar,
La ilaha illalloh.

Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o‘xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o‘z vaqtida o‘qishni niyat qildim».
Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.


PESHIN NAMOZI

Peshin namozi to‘rt rakat sunnat, to‘rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat.
To‘rt rakat sunnat quyidagicha o‘qiladi:
1. Niyat qilinadi.
2. Iftitoh takbiri aytiladi.
3. Sano duosi o‘qiladi.
4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib «Attahiyyat» o‘qiladi.
11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. «Allohu akbar» deb to‘rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.
15. Ruku.
16. Sajda.
17. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o‘qiladi.
18. Salom berib namozdan chiqiladi.
Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o‘qiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to‘rt rakat farzini o‘qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qo‘shilmaydi.
Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o‘qiladi.

ASR NAMOZI

Asr namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o‘qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to‘rt rakat farzini...» deyilsa bo‘ldi.

SHOM NAMOZI

Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o‘qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.

XUFTON NAMOZI

Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Xufton namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o‘qilib, faqat niyatda farq bo‘ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o‘rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o‘qiladi.

VITR NAMOZI

Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o‘sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo‘l qovushtirilib, Qunut duosi o‘qiladi.

QUNUT DUOSI

All`ohumma inn`a nasta’`inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakalu ‘alayka va nusn`iy ‘alaykal xoyr. Kullah`u nashkuruka va l`a nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
All`ohumma iyy`aka na’budu va laka nusoll`iy va nasjudu va ilayka nas’`a va nahfidu narj`u rohmatak(a). Va naxsh`a ‘az`abaka inna ‘az`abaka bil kuff`ari mulhiq.

Ma’nosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni so‘raymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha ne’matlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonko‘rlik qilmaymiz. Senga qarshi nonko‘rlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim! Biz yolg‘iz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina o‘qiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu’-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating ko‘p bo‘lishini so‘raymiz, azobing-dan qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlargadir.
14. Ruku.
15 Sajda.
16. O‘tirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
18. Salom.


Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 6675 | Добавил: MrIslombek | Рейтинг: 3.4/7
Всего комментариев: 121 2 »
0  
12 @-L-A-Y-L-I-@   (09.08.2013 00:17) [Izoh]
Assalomu Aleykum umringizdan baraka toping kam bulmang siz tufayli namozni uqishni urgandik kotta raxmat

0  
11 dilshod   (21.06.2013 07:08) [Izoh]
rahmat kotta baraka topin

0  
10 amka   (16.06.2013 19:16) [Izoh]
baraka toping Mr.ISLOMBEK

0  
9 amka   (16.06.2013 19:14) [Izoh]
e barakatopinglare mr.islom

0  
8 SHARIPOVA SHAHNOZA< AMERIKA> 06.10.2011. 10:01   (11.06.2011 06:02) [Izoh]
HAMMANI INSOFINI UZIGA BERSIN ALLOH

0  
7 shahnoza   (11.06.2011 05:59) [Izoh]
katta raxmat savobga qoldiz alloh uzi bilip bilmay qilgan gunohlarimizni kechirsin!!!!!!!!!!!!

0  
6 Gulhon   (05.06.2011 07:53) [Izoh]
Kaatta rahmat,

0  
5 nasri   (28.05.2011 09:17) [Izoh]
alloh rozi bulsin

0  
4 MrIslombek   (21.05.2011 21:43) [Izoh]
arizmedi nafim teganidan hursanman

0  
3 mansur   (21.05.2011 15:33) [Izoh]
katttttttttttttttttttttta rahmat

1-10 11-12
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]