Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 13 » Muzqaymoq Tort
11:23
Muzqaymoq Tort
Kerakli masalliqlar:  
 Biskvit uchun:
  • 7 tuhum
  • 7 osh qoshiq shakar
  • 7 osh qoshiq un
Krem:
  • 600 ml. qaymoq
  • 1 1/3 stakan shakar yoki 1 quti quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko)
 
1. Tuhum sovuqligida oqi bn sarig'ini ajratib olamiz

2. Tuhum oqini mikser bilan yuqori tezlikda ko'pirtiramiz
  
  3. Xatto idishni teskari a'g'dargandayam ko`pirgan tuhum oqi, siljamasligi kerak. 
  4. Ko'pitgan tuhum oqiga, 1 osh qoshiqdan (mikser bilan chayayotgan holda) shakarni qo'shib boramiz.
 
 
5. Toki shakar yaxshi erib, massada mikser izlari qolguncha.

6. Massaga, agratib qo'ygan tuhum sarig'ini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.
 
7. Navbat unga. Unni ham, bir qoshiqdan solib, asta asta aralashtiramiz.

8. Tort qolipiga solib, 180 C (350F) qizgan duhovkada 35-40 minut davomida, yoki o'rtasiga gugurt cho'p, yoki pichoq tiqib ko'rilganda quruq chiqqunicha.
 
9. Tort pishguncha krem tayyorlaymiz. Qaymoqli krem yaxshi chiqishi uchun, krem tayyorlaydigan idish va mikser venchiklarini muzlatgichda 30 minutcha muzlating.
 
 10. Qaymoqqa shakarni solib, oldin past tezlikda, keyin yuqori tezlikda mekser yordamida chayamiz.
 
11. Krem tayyor! Extiyot bo`ling! Mana shunday holatga kelguncha aralashtiramiz. Bundan o'tsa, qaymoqning suvi bo'lak, yog'i bo'lak ajrab chiqadi. Agar shakar o`rniga quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko) ishlatmoqchi bo'sangiz, oldin qaymoqni shu xolatgacha chayib, keyin molokoni qo`shib yana 15-30 sekundcha chayasiz

12. Tort sovigach, qancha ko'tarilgan bo`lsa shuncha o'tiradi. Hayron bo'lmang.

 13. Tortni bir chetiga tayyor kremdan bunaqa qilib chiziq tortamiz 
(bo'laklarga bo'lganimizdan keyin yana o'z joyiga qo'yish uchun)

14. Tortimizni kamida 5 bo'lakka bo'lamiz. Har bo'lakiga krem suramiz.
PROPITKA qilish KERAK emas.

15. Ust va yoniniyam yaxshilab krem bilan qoplab, holodil'nikda 30 minutcha qo`yamiz. 
keyin hohlagancha bezatamiz yoki maza qilib choy ichamiz :)

Man tortni Molochnya mastika yordamida spiderman ko`rinishida bezatdim.

 Kesilganda ko`rinishi. Ochiq ishtaha.
                       
Категория: Shirinliklar | Просмотров: 976 | Добавил: shirina | Рейтинг: 3.4/5
Всего комментариев: 3
0  
3 shirina   (15.05.2011 05:48) [Izoh]
Yoqqanidan juda ham hursandman happy

+1  
2 Muslima   (15.05.2011 02:59) [Izoh]
raxmat Shirina albatta tayorlab kuraman sizdan olloh rozi bulsin

+1  
1 zeboshka_usmanova@mail.ru   (14.05.2011 18:47) [Izoh]
daxshat kottakon raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]