Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 4 » Italyancha shpinatli tortellini
10:13
Italyancha shpinatli tortellini
Italyancha shpinatli tortellini

Tortellianini turli hil nachinkali tayyori sotiladi paketda, bu safar o'zim qilib ko'rdim, tayyoridan biroz kattaroq tugdim, chunki juda kichkinagina bo'ladi do'kondagisi. Bu taom o'zimizni ko'k chuchvaraga ham o'hshaydi. Yaqinda Hudo hohlasa bahor kelib vitaminlarga boy yangi ko'katlar o'sib chiqqanida shunday ko'katli chuchvaralar qilinadi odatda. Hozircha esa man muzlagan shpinatdan tayyorladim:) Shpinatni o'zini unaqa mazali ta'mi yo'q shunga pishloq va rayhon bilan ajoyib mazali bo'ladi.

Hamiriga
2ta tuhum
1stkakan un
tuz
1oshqoshiq zaytun yog'i
nachinkasiga
1kosadan kamroq shpinat
1piyola parmezan pishloq
tuz
quritilgan rayhon
sho'rvasiga
2ta pomidor yoki 150gr o'zini suvida konservalangan pomidor
1piyola shpinat
2ta bo'lakcha sarimsoq
2oshqoshiq zaytun yog'i
1,5l bulyon (tovuq yo mol go'shti qaynatmasi)
tuz

Chuchvaranikidaka qattiqroq hamir qilib, yupqa yoyib kvadrat shakllarga kesib chiqiladi va shpinat va psihloqli nachinkani choy qoshiqda solib chuchvara shaklida yoki oddiy bukib chetini biroz suvlab yopishtirib chiqiladi, shunda yahshi yopishadi ochilib ketmaydi. Muzlagan spinatni eriganida suvdan ajratib olish kerak, bo'lmasa suvi chiqib ketadi hamir bo'kib qoladi.



Sho'rvasi. Tovaga zaytun yog'ini solib o'rtacha olovda mayda tog'ralgan sarimsoqni nomiga qizartirmasdan qovurib olinadi, shunda yog'ga sarimsoqni mazasi chiqadi, ammo tez tez aralashtirib kudirib yubormaslik kerak.


Mayda kubik tog'ralgan pomidorlarni tovaga solib 2-3 daqiqa aralashtiriladi


 so'ng tuz va bulyon quyilib 5daqiqacha o'rtacha olovda qaynatiladi, qattiq emas, pomidor rangi hiralashib ketmaydi. Tayyor tugilgan tortellinilarni qaynatmaga solinadi, ketida shpinat solib 5daqiqa pishiriladi, ichidagi tayyor nachinka, hamiri pishsa bo'ldi, yupqa bo'lganiga tez pishadi, hamir tuhumni o'ziga qattiq qilinganiga dirkillab turadi yumshab yoyilib ketmaydi.





Aytgancha, shpinatni o'zbekchasi ismaloq ekani endi esimga tushdi  :)
Категория: Chet El Taomlari | Просмотров: 1062 | Добавил: shirina | Рейтинг: 4.3/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]