Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Aprel 2011  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Aprel » 30 » iPad 2 taqdimoti - Apple yana bir bor butun dunyoni hayron qoldirdi
16:20
iPad 2 taqdimoti - Apple yana bir bor butun dunyoni hayron qoldirdi
iPad 2 taqdimoti - Apple yana bir bor butun dunyoni hayron qoldirdi

Shu yilning 2-mart kuni AQShning San-Fransisko shahrida ikki muhim
voqea sodir bo‘ldi. Birinchisi, Apple kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan iPad 2 planshet kompyuterining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchisi esa, ushbu taqdimotni bir necha kundan beri rak kasalligi
tufayli davolanayotgan Stiv Jobsning shaxsan o‘zi o‘tkazdi.

iPad planshet kompyuterning
birinchi modeli rekord natijani ko‘rsatgan edi – 2010-yilda sotuvga
chiqqanidan beri 9 oy (aprel-dekabr) mobaynida 15 million dona sotildi
va kompaniyaga jami 9,5 mlrd. $ miqdorida daromad keltirdi.

Bundan
tashqari taqdimot paytida kompaniyaning Bosh ijrochi direktori Stiv
Jobs shu kungacha jami 100 million dona iPhone smartfoni sotilganligini
ham aytib o‘tdi. Planshet bozorida esa Apple 90% lik ulush bilan yaqqol
yetakchilik qilib kelmoqda. Stiv Jobs so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilda
boshqa kompaniyalar "zo‘rg‘a” o‘z planshetlarini sotishni boshladi.

 



 


Yangi planshet haqida umumiy gapiradigan bo‘lsak, u yanada
ingichkalashgan, vazni yengillashgan, birdaniga ikki – old va orqa
kamera o‘rnatilgan, avvalgisiga nisbatan ikki marta tezroq ishlaydi.

iPad
2 yordamida endilikda HD formatidagi videolarni tasvirga olish mumkin.
Qurilma AQShda 11-martdan sotuvga chiqariladi, narxi esa o‘zgarishsiz
qoladi, ya’ni 499$ dan boshlanadi.

Taqdimot
avvalida Stiv Jobs o‘tgan 2010-yilning "iPad yili” bo‘lganligini
ta’kidlab o‘tdi. Mazkur qurilma bugungi kunda maktablarda,
shifoxonalarda, avialayner kabinalarida va boshqa joylarda sevib
ishlatilmoqda. U "shaxsiy kompyuterlarning so‘nggi davri”dan keyingi ilk
kompyuter bo‘ldi. Shunday ekan, 2011-yil qanday yil bo‘ladi? iPad
nusxalari yilimi – deyarli barcha kompyuter va elektronika vositalarini
ishlab chiqaruvchilar planshet ishlab chiqarishni boshlashdi. Apple esa
bunday hisoblamaydi, 2011-yil "iPad 2 yili” bo‘ladi.

O‘zingiz uchun yoqqanini tanlang

Yangi
iPad eskisidan nimasi bilan farq qiladi? Birinchidan, iPad 2 kuchliroq –
unga eskisiga qaraganda unumdorlikning ikki baravarga va grafikaning 9
marta tezlashishini ta’minlovchi ikki yadroli A5 chipi o‘rnatilgan.
Shunday bo‘lsa-da, energiya iste’molini avvalgi A4 protsessori
darajasida saqlab qolishga erishildi. A4 chiplari iPhone 4 smartfoni va
iPad planshetining birinchi avlodiga o‘rnatilgan edi.

Qurilmaning
qalinligi ham sezilarli darajada o‘zgardi – 13,8 millimetrdan 8,8
millimetrgacha kamaydi – bu iPhone 4 smartfonidan (9,3 mm) ham
ingichkaroq. Yangi planshet avvalgisidan ancha yengil – 680 gramm
o‘rniga 589 gramm. Bundan tashqari, qurilma ikki xil rangda ishlab
chiqariladi – qora va oq ranglarda. Oq ranglisini sotuvga chiqqan kundan
boshlab sotib olish mumkin. Qora ranglisi esa biroz keyinroq sotuvga
chiqariladi.

Modellar
ikki turdagi uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi – AT&T
aloqa operatorining GSM/UMTS-tarmog‘i yoki Verizon kompaniyasining
CDMA-tarmog‘idan birini tanlashingiz mumkin. Qurilma o‘lchamlarining
ancha ixchamlashganligiga qaramasdan, uzluksiz video tomosha qilganda
batareyaning ishlash vaqti 10 soat darajada saqlab qolindi, kutish
rejimida esa bir oydan ko‘proq vaqtga yetadi.



iOS operatsion tizimi ham ancha o‘sdi

 

iPad
2 yangi iOS 4.3 dasturiy platformasida ishlaydi. Tez kunda, 11-martdan
boshlab boshqa i-qurilmalarning operatsion tizimini ham yangi versiyasi
bilan almashtirish mumkin. Kompaniyaning ta’kidlashicha, operatsion
tizimning yangi versiyasida Safari brauzerida ishlash unumdorligi
oshgan, iTunes Home Sharing funksiyalari realizatsiya qilindi, iPad yoki
iPhone yordamida boshqa qurilmalarga (AirPlay) kontentni chiqarish
texnologiyasi yanada takomillashtirilgan, ovozni pasaytirish yoki
ekranni aylantirish funksiyalarini tanlash imkoniyati rivojlantirilgan.


 

Yangi
operatsion tizim o‘rnatilgandan so‘ng, endilikda iPhone 4 smartfoni
boshqa Android platformasida ishlovchi apparatlar kabi Wi-Fi mobil
kirish (dostup) nuqtasiga aylanishi mumkin. iPad planshetida esa hali bu
funksiya qo‘llanilgani yo‘q.

Ijodkorlar uchun

Apple
o‘zining MacBook noutbuklarida o‘rnatilgan iLife paketidan ba’zi
dasturlarni yangi planshetda ham ishlatish imkoniyatini yaratdi.
Birinchisi, endi iPad 2 planshetida iMovie video tahrirlovchi dasturidan
foydalanish mumkin. Unga ham bir necha funksiyalar qo‘shilgan, narxi
esa avvalgidek 5 dollarligicha qolgan.
Avvallari faqatgina Mac
uchun yaratilgan Garage Band audio tahrirlovchi havaskorlar dasturi endi
iPad 2 da ham bor. Dasturga sensor ekran orqali chalish mumkin bo‘lgan
bir necha virtual asboblar – pianino, organ, gitara, barabanlar va bas
o‘rnatilgan. Uning narxi ham iMovie kabi 5 dollar.

Video

Kutilganidek,
yangi planshetda ikki kamera paydo bo‘ldi – video-qo‘ng‘iroqlar va
avtoportret uchun old kamera va boshqa maqsadlar uchun orqa kamera.
Bundan tashqari, aksessuarlar ro‘yxatida 39 dollar turuvchi HDMI-kabel
paydo bo‘ldi. Uning yordamida qurilmadagi yuqori sifatli
video-tasvirlarni zamonaviy televizor yoki proyektorlarga chiqarish
mumkin. Ta’kidlanishicha, HDMI-out funksiyasi barcha ilova-dasturlar
bilan ishlaydi va kabel ulanganda qurilma quvvat ham oladi.

iPad
2 plansheti FaceTime video-qo‘ng‘iroqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu
texnologiya hozirda iPhone 4 smartfoni, iPod Touch yangi versiyasida va
yaqinda reliz qilingan MacBook Pro noutbuklarida ham bor.

 

 

Qurilmaga yangi ustlik paydo bo‘ldi

iPad
uchun yana bir noyob aksessuar paydo bo‘ldi. Smart Cover deb nomlangan
ustlikdan qurilmaning ustini yopish yoki taglik sifatida ham foydalanish
mumkin. Bu avvalgi iPad uchun chiqarilgan qolipdan tubdan farq qiladi.
Bunisi ko‘tarib yurish uchun ham unchalik ko‘p joy egallamaydi. Ustlikni
ko‘tarishingiz bilanoq, gadjet avtomatik ravishda kutish rejimidan
chiqadi. Mazkur ustlik ikki xil variantda ishlab chiqarilgan bo‘lib,
poliuretandan yasalgani 39 dollar, teridan yasalgani esa 69 dollar
turadi. Har bir materialdan tayyorlangan ustlik 5 xil rangda, jami 10
xil rangda ishlab chiqariladi.

 

 

iPad
2 narxlarida hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi. Bazaviy tarkibiy qism,
ya’ni 16 gigabayt ichki o‘rnatilgan xotira va faqatgina Wi-Fi simsiz
aloqaga ulanuvchi model avvalgidek 499 dollar turadi. Eng qimmat
varianti – 64 gigabayt ichki o‘rnatilgan xotira, Wi-Fi, 3G-modelga ega
varianti 829 dollar turadi. Eng oxirgi variant 799 dollar turuvchi
Motorola Xoom planshetidan qimmat turadi. Yangi planshetning chiqishi
bilanoq, birinchi avlod iPad planshetining narxlari 100 dollarga
kamaytirildi.

Qurilmalarning
sotuvga chiqish kunini ham bu safar uzoq kutish shart emas, iPad 2
AQShda 11-martdan sotuvga chiqadi. 25-martdan esa yana 26 mamlakatda,
jumladan Yevropaning aksariyat mamlakatlarida, Avstraliya, Yangi
Zelandiya va Yaponiyada sotuvga chiqariladi.

iBiznes amalda

 

Qurilmaning
taqdimotini shaxsan Stiv Jobsning o‘zi o‘tkazdi. Bir necha kundan beri
rak kasalligi bilan kurash olib borayotgan, hatto o‘limi yaqin deya
taxmin qilinayotgan Stiv Jobsni ko‘rib zal qarsaklar bilan to‘lib ketdi.
Jurnalistlarning fikricha, Jobsning salomatligi unchalik ham yomon
ahvolda emas, biroq u ancha ozib ketgan.

 

 

An’anaga
muvofiq, iPad 2 taqdimotidan oldin Stiv Jobs Apple kompaniyasining
mobil biznesiga oid bir necha statistik ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Xususan, iBooks onlayn-do‘konidan sotib olingan elektron kitoblarning
soni ma’lum bo‘ldi. Elektron kitoblar bilan savdo qiluvchi iBooks
internet-do‘koni ochilganidan beri bir yil ichida foydalanuvchilar 100
milliondan ortiq kitob ko‘chirib olgan. Yaqinda Random House nashriyoti
bilan tuzilgan shartnomadan so‘ng iBooks katalogi yana 17 000 nashr
bilan boyidi. Shunday qilib, hozirda 2 500 dan ortiq nashriyot
o‘zlarining nashrlarini Apple platformasida sotmoqda.

Xo‘sh,
Apple kompaniyasining raqamli kontentlarini sotib oluvchilar soni
qancha? Jobsning so‘zlariga ko‘ra, ilova-dasturlar, musiqa va kitoblar
sotib olish uchun Apple ID hisobraqamiga ega foydalanuvchilar soni 200
milliondan oshib ketgan. Shu paytgacha boshqa hech bir kompaniyaning
onlayn-do‘konida bunchalik ko‘p akkaunt ochilmagan. Bu borada asosiy
raqobatchilardan biri hisoblangan Amazon.com o‘zining statistik
ma’lumotlarini ommaga taqdim qilmaydi, shuning uchun ham unda qancha
foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganligini bilishning imkoni yo‘q.

Apple
gadjetlari uchun ilova-dasturlar ishlab chiquvchilar AppStore
onlayn-do‘koni ochilganidan beri 2 mlrd. $ dan ortiq daromad oldilar.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi tomon ishlab chiqargan har bir sotilgan
ilova-dastur uchun Apple 30% summani oladi, qolgan 70% qismi esa ishlab
chiqaruvchining hisobiga o‘tadi. AppStore internet-do‘konida mavjud 300
mingdan ortiq ilova-dasturlardan 65 mingdan ortig‘i iPad planshetini
qo‘llab-quvvatlaydi.

Категория: News/Новости | Просмотров: 1180 | Добавил: MrIslombek | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
0  
1 Monika   (01.05.2011 09:49) [Izoh]
clap tenks

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]