Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 12 » Hayit tarixi!!!!!!!!!!!!!
00:05
Hayit tarixi!!!!!!!!!!!!!

Hayit bayramlari ikkitadir. Xalqimiz bu bayramlarni azaldan nishonlab keladi. Bularning birinchisi Qurbon hayiti, ya'ni "Iyd al-adha" deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda arafa kunlari nishonlanadi. Yolg'on arafa va bir kun qolganda chin arafa kunlari xonadonlarda chalpak, bo'g'irsoq, talqon va palov qilinadi. Qo'ni-qoshnilar bir-birlarini hayit bilan muborakbod etib, qo'shni xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar.



Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-13- kunlari nishonlanadi. Ba'zi mamlakatlarida esa shu oyning 7 kunidan-haj boshlangan kundan e'tiborga olinadi. Bu kunda qurbonlik qilinadi. Qurbonlik bu Allohga yaqinlik hosil qilish uchun belgilangan 3 kun ichida qo'y, tuya yoki sigirdan birini so'yishdir. Qur'oni Karimda ham qurbonlik qilish haqida oyat nozil qilingan. Shu boisdan hajga brogan va moli nisobga yetgan musulmon Qurbon hayitida jonliq so'yib qurbonlik qilishi kerak.

"Iyd al-adha" hayit bayramini nishonlash butun islom dunyosida bir vaqtdaboshlanadi. Yurtimizda ham bu bayram o'zgacha shukur bilan o'tkaziladi. Hayit kuni tong saharda katta-yu jome' masjidiga borib, hayit namozini o'qiydilar. Beva-bechoralarga sadaqa ulashadilar. Keying esa mozorlarga borilib, jamiki o'tganlarning ruhi-poklariga duoi fotiha qilinadi. Shuningdek, bu kunda mahallalarda, qishloqlarda yangi tushgan kelinchaklar borib ko'riladi, ya'ni "kelin ko'rdi" udumlari bo'lib o'tadi.

Umuman olganda, hayit insonlar o'rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlab, keksalar , bemorlarni borib ko'rish , marhumlar haqiga qur'on tilovat qilib, ularni yod etishning amaliy ibrat namunasi bo'lib kelmoqda.

Barcha yurtdoshlarimizga Qurbon hayit ayommi muborak bo'lsin.

Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 2110 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 2.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]