Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 17 » Hamma bilishi shart
03:40
Hamma bilishi shart


Hazrat Yahyo (a.s) Iblisdan : Hech menga g’alaba qilgan lahzang bormi?-deb so’rabdi. Shunda Iblis Yo’q, hech senga golib kelmaganman. Lekin sening bir xislating bordirki, undan men juda xursandman-deb javob beribdi. Hazrat Yahyo (a.s) bu qanday xislat ekan?-deb so’rabdi. Shunda Iblis aytibdiki, sen ko’p ovqat yeyishni xushlaysan. Shuning uchun ogir bo’lib qolasan, natijada mustahab namozlaringni tark qilasan. Men ana shu ko’p ovqat yeyishingdan xursand bo’laman, debdi. Shunda hazrat Yahyo (a.s) Men bundan boshlab Alloh bilan ahd qilamanki, to Parvardigorim bilan muloqot qilmagunimgacha (umrim boricha) ovqatni to’yib yemasman. Shayton aytibdiki,Men ham o’zimga o’zim so’z beramanki, hech mo’min banda bilan muloqotga kirmasman.

(Safinatul bihor; 103/1)

Ovqatlanish odobi

1.  Ma’rifat bialn ovqatlanish;

2.  Rozi bo’lib yeyish;

3.  Bismilloh ni aytish;

4.  Shukr qilish;

5.  Ovqatdan oldin qo’llarni yuvish;

6.  Chap oyoqqa ogirligini solib o’tirish;

7.  Barmoqlarini tozalash (ovqat qoldiqlaridan);

8.  O’z oldidan olib yeyish;

9.  Kichik luqma olib yeyish;

10.  Ovqatni yaxshilab chaynash;

11.  Odamning aftiga tikilmasdan yeyish;

12.  Qaynoq ovqat yemaslik;

13.  Kam ovqat yeyish;

14.   Ovqat yeyishdan oldin ozgina tuz yalash;

15.  Ko’cha kuyda ovqatlanmaslik;

·  قال المجتبي عليه السلام: في المائدة اثنتا عشرة خصلة يجب علي كل مسلم ان يعرفها اربع منها فرض و اربع سنة و اربع تأديب فاما الفرض فالمعرفة و الرضا و التسمية و الشكر و اما السنة فالوضوء قبل الطعام و الجلوس علي الجانب الايسر و الاكل بثلاث اصابع و لعق الاصابع و اما التأديب فالاكل مما يليك و تصغير اللقمة و تجويد المضغ و قلّة النظر في وجوه الناس.وسائل / 16 / 539

Ovqatlanishning o’n ikkita sifati bordirki ularni har bir musulmon odam bilishi shart. Bu qoidalardan to’rttasi vojib, to’rttasi mustahab va qolgan to’rttasi esa ovqatlanish odobi hisoblanadi.Vojiblari quyidagilardir:

1.  Kim rizq berayotganini (ya’ni Alloh rizqlantiruvchi ekanligini) bilish;

2.  Berilgan rizqqa rozibo’lish;

3.  Bismillohni aytish;

4.  Shukr qilish;

Quyidagilar esa mustahab hisoblanadi:

1. Ovqatdan oldin tahorat qilish;

2. Chap oyogiga ogirlikni solib o’tirish;

3. Uch barmoq bilan ovqat yeyish;

4. Barmoqlarni tozalsh;

Quyidagilar ovqatlanish odobi hisoblanadi:

1.  Kichik luqma olib yeyish;

2.  O’z oldidan olib yeyish;

3.  Yaxshilab chaynash;

4.  Birovga ovqat yeganda  tikilmaslik

Ko’p ovqat yeyishning ofati haqida

1.  Odamning fikrini o’tmaslashtiradi

قال علي عليه السلام: لا تجتمع الفطنة و البطنة.مستدرك /16 / 222

Ali (r.a) aytgan edi:  Biro dam ham ko’p ovqat yeyuvchi va ham ziyrak bo’lishi mumkin emas;

2.  Qalb qattiqligi;

قال رسول الله صلّي اللّه عليه و آله: من تعوّد كثرة الطعام و الشراب قسا قلبه.مستدرك / 16 /

Rasuli Akram (s.a.o.v) aytgan edilar: Kim ko’p yeb –ichadigan bo’lsa bagri tosh odam bo’lib qoladi;

3.  Turli kasalliklarga  giriftor bo’lish;

قال علي عليه السلام: ادمان الشبع يورث انواع الوجع. غررالحكم / 1363

Ali (r.a) aytgan edi: Doim to’yib ovqatlanish turli kasalliklarni keltirib chiqaradi;

4. G’aflatga uchrash;

؛ قال المسيح عليه السلام:يا بني اسرائيل! لا تكثروا الاكل فانه من اكثر الاكل اكثر النوم و من اكثر النوم اقلّ الصلوة و من اقلّ الصلوة كتب من الغافلين. تنبيه الخواطر / 1 / 46

Hazrat Masih (a.s) bunday degan edi: Ey bani Isroil! Ko’p ovqat yemanglar. Ko’p ovqat yeyish ko’p uxlashni keltiradi. Ko’p uxlash esa namozni ozaytiradi. Namozi kam bo’lganlar esa gofillardan hisoblanadi.

5. Tugyonga ketish;

قال الباقر عليه السلام:اذا شبع البطن طغي. كافي / 6 / 270



Imom Boqir (a.s) aytgan edi: Qorin to’ysa tugyonga ketadi.

Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 1245 | Добавил: shirina | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 6
0  
6 S????...   (05.06.2011 04:36) [Izoh]
inshoalloh

0  
5 Angeloza   (17.01.2011 14:15) [Izoh]
Allox rozi bolsin

0  
4 Angeloza   (17.01.2011 14:14) [Izoh]
Raxmat Shirina bu kerakli tema

0  
3 Dilya   (17.01.2011 08:20) [Izoh]
Alhamdulillah Allh barchamizdan rozi bolsin

0  
2 Milasha   (17.01.2011 03:59) [Izoh]
RAHMAT KOTTAKON ALBATTA FOYDASI TEGADI OLLOH ROZI BUSIN SIZDA SHIRINA RAHMAT.

+2  
1 shirina   (17.01.2011 03:41) [Izoh]
FOYDASI TEGADI DEGAN UMITDAMAN

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]