Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 22 » !!!!Do'stim!!!!!
18:02
!!!!Do'stim!!!!!



Do`stlik o`zi o`xshar sevgiga,
Do`stlik uchun ayrilmoq malol,
Do`stlik so`zin yeting qadriga,
Sevgidan ham qimmat ehtimol!!!

Do'stim mening yuragimdasan
Xey har nafasim ichra sen borsan
Seni unutsam bu yorug' dunyo
Men uchun yolg'on sen jonimdasan.

Do'stlik shunday oliy qudratki
Sog' odamni aylar devona
Kimdir do'stlashar ochiq oshkora
Yana kimdir do'stlashar pinxona
Do'stlik shunday ajoyib dilkash
Seni butkul asir etadi
Gar qalbinga quloq solmasang
Bir kun kelib tashlab ketadi

Ey do'stim!!!
Sen, sen onang o'lganidan keyin yozding dasturhon.
Dasturhon atrofida
Seni onangga tiriklik chog'ida salom bermagan kazo-kazo mehmon.
Sen tilovat qilmading
Sen uchun domla-mullalar o'qidilar Qur'on.
Dasturhonda hamma narsa namoyon
Qazi-qarta, patir, shirmoy non.
Magiz, bodom-u, pista...
Eh nomard do'stim
Sen o'g'il bo'lib qiloldingmu Onajoningni mehmon
Tirikligida chog'ida loaqal bir martta
Tirikligida qilmadinku shod
O'tib ketgandan keyin yeg'lama
Eshitmaydi...
Ko'zlarimam faryod
Ranging sarg'aytirib bo'lma misli has
Tiriklik chog'ida yo'qlab hol so'rsang shuni o'zi bas!
Tiriklarni ko'nglini shod qilmoqlik
O'tganlarni ruhini shod etmoqlik
Biz o'g'il qizlarga
Ham qarz, ham farz...

Yangi do'st topganingda, eskisini unutma,
Sinalmagan kishining etagidan ko'p tutma.
Kimdir sening qalbing-la, o'ynashsayu hor qilsa,
Unday do'stni unut, ko'p kutmagin ko'p kutma,
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma!

Mevali daraxtga otadilar tosh,
Yomonning dastidan egar yaxshi bosh,
Zaharni do’st yutar, nodon yeydi osh.
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st.
Kimlardir alamga tashlaydi o’zin,
Olmang o’zingizga nobakor so’zin
Barchangizga bersin iloyo to’zim
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st!

Прикрепления: Картинка 1
Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 891 | Добавил: maftuna_yormatova | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
0  
3 maftuna_yormatova   (23.01.2011 11:49) [Izoh]
silagayam raxmat

0  
2 Angeloza   (22.01.2011 22:51) [Izoh]
Raxmat juda ajoyib sherlar omad xamisha yor boldi

0  
1 shirina   (22.01.2011 18:35) [Izoh]
Juda chiroylik sher ekan omad sizga yana kutamiz


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]