Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 28 » Bolalarni aqlli qiladigan 10 ta mahsulot.
04:03
Bolalarni aqlli qiladigan 10 ta mahsulot.
Bolalarni aqlli qiladigan 10 ta mahsulot


Agar bolalar maktabda yomon o'qishsa, demak muammo ularning intellektual qobiliyatida emas, balki bolaning miya faoliyati uchun zarur bo'lgan oziq moddalar yetishmayotganligi yoki u noto'g'ri oziqlanayotganligidadir. Ulg'ayib borayotgan bolaning miyasi - organizmga tushadigan ovqatning juda katta miqdordagi oziq moddalarini o'zlashtiradigan anchayin "ochko'z" organ hisoblanadi. Shu bois bolalarning normal rivojlanishi uchun ularni to'g'ri ovqatlantirish juda muhim. Quyida bolalar uchun tavsiya etiladigan uning miya faoliyatiga ijobiy ta'sir qiluvchi o'nta mahsulotni keltiramiz.

1. Losos. Ushbu yog'li dengiz balig'ining tarkibida miya faoliyati uchun foydali bo'lgan omega-3 yog' kislotasi mavjud. Uni iste'mol qilish miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilaydi. Farzandingizga qovurilgan yoki dimlab pishirilgan baliqni sabzavotlar bilan (bodring, pomidor yoki salat barglari qo'shib) buterbrod ko'rinishida berishingiz mumkin. 

2. Tuxum. Tuxum sarig'i tarkibida xotirani yaxshilaydigan xolin elementi mavjud. O'quvchiga tushlikka qovurilgan tuxum yoki non orasiga omlet qilib berish mumkin.

3. Yer yong'oq yog'i. Yer yong'oq miyadagi asab membranalarini himoya qiluvchi antioksidant - Е vitaminining manbai hisoblanadi. Tuzlanmagan yer yong'oqni istalgan salatga qo'shish mumkin, yer yong'oq yog'ini esa nonga surib yeyish juda mazali.

4. Tozalanmagan don. Inson miyasi normal faoliyat yuritishi uchun muayyan miqdorda glyukozani talab qiladi.o'g'il bola Tozalanmagan donda glyukoza ham, biriktiruvchi to'qimalar ham (qonga qancha miqdorda glyukoza tushishini boshqaruvchi) mavjud, shuningdek uning tarkibida asab tizimini oziqlantiruvchi V guruhi vitaminlari bor. O'zingiz va farzandlaringizga oqartirilmagan undan tayyorlangan non mahsulotlarini xarid qiling yoki nonni o'zingiz yoping.



5. Suli yormasi. Suli - bu bola uchun eng yaxshi nonushtadir, chunki uning tarkibida E, B vitaminlari, potassium va ruh moddalari mavjud. Ushbu elementlar va vitaminlar farzandingizga o'zining intellektual salohiyatini to'la namoyon etishiga yordam beradi. Sulini unga qo'shib piroglar, oladyalar, sirniklar tayyorlash yoki uni shunchaki quruq tovada yong'oq bilan qovurib shirin bo'lmagan yogurt yoki sut bilan birga iste'mol qilish mumkin. Agar ertalab sabzavotli va mevali sharbatlarni tayyorlashni odat qilgan bo'lsangiz, sharbatga ozroq xom suli yormasidan qo'shing.



6. Mayda mevalar. Qulupnay, chernika, olcha, malina, maymunjon va boshqalar saraton kasalligining oldini oluvchi antioksidantlarga ega. Tadqiqotlar qulupnay bilan chernikaning xotirani yaxshilashini, malina, qulupnay, maymunjon va yertutining urug'lari omega-3 kislotasiga boyligi ko'rsatdi. Yangi uzilgan mevalarni salatlarga, sabzavotli taomlarga, myusliga qo'shish yoki shunchaki iste'mol qilish mumkin.

7. Dukkaklilar. Loviya, no'xat, nut, yasmiq doni tarkibida protein, murakkab uglevodlar (qondagi qand moddasi miqdori unchalik oshirmaydigan), biriktiruvchi to'qimalar, vitaminlar va minerallar ko'p bo'lgani bois, ular juda foydali. Dukkaklilarni har qanday tomatli qayla bilan garnir yoki salatga qo'shimcha sifatida iste'mol qilish mumkin.


meva-sabzavot

8. Rangli sabzavotlar. Pomidor, brokkoli, baqlajon, qovoq, sabzi, ismaloq,bulg'or qalampiri, makkajo'xori - yorqin ranglardagi ushbu sabzavotlar tarkibida shikastlangan to'qimalarni tiklovchi ko'p miqdorda antioksidantlar bor. Bolalarga yangi uzilgan sabzavotlarni kesib bering yoki makaronga sabzavotlardan qayla tayyorlab bering.



9. Sut va yogurt. Sut mahsulotlari protein va B guruhi vitaminlariga juda boy. Ushbu moddalar miya to'qimasining o'sishi, neyrotransmitterlar va enzimlar hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega. Bolalarga nonushtaga shirin bo'lmagan yogurt, yog'siz smetana, sut, ryajenka va yog'siz qatiq xarid qiling.



10. Yog'siz mol go'shti. Yog'siz go'sht - temir va ruh moddasining manbai hisoblanib, u miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Yog'siz go'shtni C vitaminiga boy ozuqa (pomidor, bulg'or qalampiri, apelsinlar, qulupnay) bilan birga iste'mol qilish organizmning temir moddasini yaxshi hazm qilishiga ko'maklashadi.

Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 1459 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
+1  
2 shirina   (28.01.2011 17:43) [Izoh]
RAXMAT OPAJON FOYDALI MA'LUMOTLAR UCHUN

0  
1 Angeloza   (28.01.2011 13:13) [Izoh]
juda kereli malumot

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]